Yangiliklar

not found

Dorixonalarda dori vositalari qanday tayyorlanadi?

Dori vositalarini va tibbiy buyumlarni tayyorlash, saqlash, ularning sifatini nazorat qilish hamda ularni rasmiylashtirish tartibi toʼgʼrisidagi nizomga  koʼra, dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlash dori vositalari va tibbiy buyumlarni tayyorlash uchun tegishli litsenziyaga ega boʼlgan dorixonalar tomonidan amalga oshiriladi. Dori vositalari Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vazirligi tomonidan qoʼllanishi ruxsat etilgan dori moddalaridan (substantsiyalardan) tayyorlanadi va sanitariya normalari, talablari va gigienik normativlarga javob beradigan sharoitlarda amalga oshiriladi. Hujjat bilan dorixonalarda: ➖ inʼektsion va infuzion dori vositalari; ➖ yangi tugʼilgan chaqaloqlar va 1 yoshga toʼlmagan bolalarni davolash uchun moʼljallangan dori vositalari; ➖ antibiotiklar; ➖oftalьmologik dori vositalari;➖ suyuq dori vositalari: suspenziyalar, tomiziladigan vositalar va boshqalar;➖ surtma dorilar;➖ qattiq (kukun shaklidagi) dori vositalari;➖ tibbiy buyumlar tayyorlanadi. Dorixonalar tayyorlaydigan dori vositalarining sifat nazoratini ichki dorixona nazorati sohasida tegishli professional bilimga ega boʼlgan farmatsevt amalga oshiradi.   Kimyoviy nazorat oʼtkazish uchun dorixonada barcha zarur uskunalar, asboblar va reaktivlar mavjud boʼlgan maxsus ish joyi jihozlangan boʼlishi kerak. Dori vositalari tayyorlanishi toʼgʼrisidagi barcha yozuvlar maxsus jurnalga qayd etiladi. U yozma yoki elektron shaklda yuritiladi. Tayyorlangan dori vositalari sotish oldidan ham nazoratdan oʼtkaziladi, quyidagilarga muvofiqligi tekshiriladi: a) dori vositasi oʼramining uning tarkibiga kiruvchi dori moddalarining fizikaviy-kimyoviy xossalariga mosligi;b) retsept, talabnoma rekvizitlarining tayyorlangan dori vositasining oʼrovida koʼrsatilgan maʼlumotlarga mosligi;v) tayyorlanadigan dori vositalarini rasmiylashtirish talablariga mosligi. Biron-bir nomuvofiqlik aniqlanganda tayyorlangan dori vositasi sotilishiga yoʼl qoʼyilmaydi.  

  • 20 May, 15:30
  • Batafsil
not found

Andijonda dori vositalarining yashirin sexi fosh etildi

Andijon viloyati bojxona boshqarmasining Kontrabandaga qarshi kurashish bo‘limi hamda DXX viloyat boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida Andijon shahrida sifati kafolatlanmagan dori vositalari va biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarayotgan yashirin sexning noqonuniy faoliyatiga chek qo‘yildi.Aniqlanishicha, Andijon shahridagi bir manzilda 4 ta yuridik shaxs faoliyati tashkil etilgan bo'lib, ular “oziq-ovqat mahsulotlari uchun kimyoviy qo‘shimchalar” ishlab chiqarish niqobi ostida noqonuniy ravishda sifati kafolatlanmagan dori vositalari hamda biologik faol qo‘shimchalarni tayyorlab kelgan.Mazkur yashirin laboratoriyada bugungi kunda aholi orasida keng tarqalgan “Vitamix”, “Gegsi”, “Ferrumfer”, “Winds Baby”, “Lyuvit”, “Yodovit”, “Gepporooz”, “Bifidolin”, “Yodoplyus” kabi 100 turdagi mahsulotlar tayyorlangani ma’lum bo‘ldi.Ular orasida bolalar uchun mo‘ljallangan siroplar, og‘riq qoldiruvchi vositalar, bo‘g‘im va teri kasalliklari hamda qon ko‘paytirish uchun preparatlar, turli shamchalar hamda maxsus choylar ham bo‘lgan.Eng achinarli jihati esa, tashqi ko‘rinishi bejirim va ishonchli tarzda qadoqlangan ushbu mahsulotlarning tayyorlanishi va saqlanishi mutlaqo antisanitariya holatida amalga oshirilganidir.Tezkor tadbir davomida ushbu manzildan: - 13 dona dori va biologik faol qo‘shimchalar ishlab chiqarish uskunalari;- 6 dona muhr;- mahsulotlarga yaroqlilik muddatini qadoqlovchi qurilmalar;- 214 ming dona yozuvsiz bo‘sh shisha idishlar;- 78 ming dona bo‘sh kapsulalar;- 100 turdagi 503 ming 209 dona sifati kafolatlanmagan tayyor dori vositalari;- 105 kilogramm nomsiz kukunlar ashyoviy dalil sifatida olindi.Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur mahsulotlarning umumiy qiymati qariyb 5 milliard so‘mni tashkil etmoqda.Hozirda holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan tergovga qadar surishtiruv harakatlari davom ettirilmoqda.

  • 19 May, 15:00
  • Batafsil
not found

Temir preparatlarini qachon qabul qilish kerak?

Temir moddasi inson organizmi uchun muhim mikroelementlardan biri bo‘lib, gemoglobin hosil bo‘lishi, to‘qimalarga kislorod yetkazib berish, immunitet va energiya almashinuvida muhim ahamiyatga ega. Organizmdagi temir zaxirasi asosan ferritin ko‘rsatkichi orqali baholanadi. Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 5 yoshgacha bo‘lgan bolalarda ferritin darajasining 12 mkg/l dan past bo‘lishi, 5 yoshdan katta bolalarda esa 15 mkg/l dan past bo‘lishi temir tanqisligini ko‘rsatishi mumkin. Shu bilan birga, 15–30 mkg/l oralig‘idagi natijalar “kulrang zona” hisoblanib, qo‘shimcha tahlil va shifokor bahosini talab qilishi mumkin. Amaliyotda kattalarda temir tanqisligini aniqlash uchun ko‘pincha 30 mkg/l dan past ko‘rsatkich mezon sifatida qo‘llanadi. Mutaxassislar ta’kidlashicha, ferritin yallig‘lanish va infeksiyalarga juda sezgir. Shu sababli ayrim holatlarda uning normal ko‘rsatkichi ham organizmda temir yetishmasligi yo‘q degani emas. Tashxis qo‘yishda insonning yoshi, jinsi, shikoyatlari, surunkali kasalliklari va boshqa tahlil natijalari ham birgalikda baholanadi. Temir tanqisligi aniqlanganda shifokor tavsiyasi bilan temir preparatlari qabul qilinishi mumkin. Davolashda ikki valentli temir preparatlari — sulfat yoki glyukonat shaklidagi vositalar samarali hisoblanadi. Uch valentli temir preparatlari ham klinik tavsiyalarda birinchi qator terapiyasi sifatida keng qo‘llaniladi. Shuningdek, ratsionga temirga boy mahsulotlarni kiritish muhim: mol va tovuq jigari, go‘sht, tuxum, dengiz mahsulotlari, loviya va boshqa dukkakli mahsulotlar. Temir saqlovchi biologik faol qo‘shimchalar (BAD) tarkibida faqat profilaktik, ya’ni oldini olishga mo‘ljallangan dozalar bo‘ladi, davolovchi miqdor emas. Ular dori vositalari kabi qat’iy sifat nazoratidan o‘tmaydi, shuning uchun temir tanqisligi anemiyasini mustaqil davolash uchun tavsiya etilmaydi.

  • 19 May, 12:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech