Yangiliklar

not found

JSST: bemorlarni sogʻlom turmush tarziga targʻib qilish orqali deyarli 40% oʻsimtalarning oldini olish mumkin

Jahon sogʻliqni saqlash tashkiloti  va Xalqaro saraton tadqiqot agentligi (IARC) mutaxassislari aniqlashicha, 36 turdagi xavfli oʻsimtalarning deyarli 40% holati zararli odatlarni tark qilish, toʻgʻri ovqatlanish va virusli hamda bakteriyali infeksiyalar bilan samarali kurash orqali oldini olish mumkin. Bu esa har yili aniqlanadigan oʻsimtalar sonini 7,1 millionga qisqartirish imkonini beradi, deyiladi Nature Medicine jurnal da chot etilgan maqolada. Saraton kasalligi butun dunyo boʻylab oʻlimning asosiy sababi boʻlib qolmoqda, ammo uning katta qismi oldini olish mumkin. "Biz BMTga aʼzo 185 ta davlatda 36 turdagi oʻsimtalarning rivojlanishiga taʼsir etuvchi 30 ga yaqin oʻzgartirilishi mumkin boʻlgan xavf omillarining qanday taʼsir qilishini har tomonlama baholadik. Ushbu hisob-kitoblar shuni koʻrsatdiki, har yili qayd etiladigan 18,7 million saraton kasalligining taxminan 7,1 millionini oldini olish mumkin", deyiladi tadqiqotda. Bu xulosaga kelgan tibbiyotchilar jamoasi Global Burden of Disease (GBD) global loyihasi doirasida toʻplangan maʼlumotlarni keng qamrovli oʻrgandilar. Loyiha dunyo sogʻligʻiga taʼsir etuvchi omillarni kuzatishga qaratilgan. Statistikaga saraton holatlari, shuningdek, bemorlarning zararli odatlari va infeksiyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ham kiritilgan. Bu maʼlumotlardan foydalanib, olimlar oʻzgartirilishi mumkin boʻlgan 30 ga yaqin xavf omillarining – zararli odatlar, jismoniy faoliyatning kamligi, xatarli kasblar, notoʻgʻri ovqatlanish hamda virusli va bakteriyali infeksiyalar – 36 ta eng keng tarqalgan xavfli oʻsimtalar rivojlanishiga qanday taʼsir qilishini tahlil qildilar. Tahlil natijalari shuni koʻrsatdiki, oʻsimtalar rivojlanishining katta qismi,  deyarli 40 foizini bemorlarning hayot tarzi va ovqatlanish tartibini oʻzgartirish orqali oldini olish mumkin. Mutaxassislarning fikriga koʻra, oldini olish mumkin boʻlgan saraton holatlarining ulushi dunyoning turli mintaqalarida erkaklar va ayollar oʻrtasida sezilarli darajada farq qilgan. Xususan, erkaklar uchun bu koʻrsatkich taxminan 45,4% ni, ayollar uchun esa atigi 29,7% ni tashkil etdi.  Shuningdek, olimlar potensial oldini olish mumkin boʻlgan oʻsimtalarning taxminan 11,5% holati ikki infeksiya – papillomavirus va Helicobacter pylori bilan bogʻliqliq ekanligini aniqladi. Har yili 4-fevral – Butunjahon saratonga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Bu kun saraton haqidagi maʼlumotni oshirish va onkologik kasalliklarni aniqlash hamda davolash muammolariga eʼtiborni jalb qilish maqsadida oʻtkaziladi.

  • 4 Fevral, 13:25
  • Batafsil
not found

Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatiga olishning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda

Quyi palata majlisida aholiga tibbiy yordamning kafolatlangan hajmiga kiradigan xizmatlarni koʻrsatish, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining kasbiy faoliyatini amalga oshirish tizimini takomillashtirishga qaratilgan qonun loyihasi ikkinchi oʻqishda koʻrib chiqildi. Ushbu qonun loyihasi bilan «Fuqarolar sogʻligʻini saqlash toʻgʻrisida»gi va «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʻgʻrisida»gi qonunlarga birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida qoʻshimcha xizmatlar hisoblanadigan tibbiy yordam turlari belgilanishini, shuningdek davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan shaxslar tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanish huquqini olishini nazarda tutuvchi qoʻshimcha va oʻzgartirishlar kiritilmoqda.  Yaʼni, birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida koʻrsatiladigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmidan ortiqcha tibbiy xizmatlar va boshqa xizmatlar qoʻshimcha xizmatlar boʻlib, ular pulli asosda amalga oshirilishi nazarda tutilmoqda. Oilaviy shifokorning yoki tibbiyot brigadasining yoʻllanmasisiz murojaat qilgan fuqarolarga koʻrsatiladigan tibbiy yordam ham qoʻshimcha xizmat hisoblanadi. Bundan shoshilinch va tez tibbiy yordam koʻrsatish mustasno. Shuningdek, sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etish, tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini davlat roʻyxatiga olishning huquqiy asoslari mustahkamlanmoqda. Xususan, tibbiyot va farmatsevtika faoliyati bilan shugʻullanish huquqiga oʻziga tibbiyot sohasida, oliy yoki kasbiy taʼlim olganlik toʻgʻrisidagi diplom berilgan va davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan shaxslar ega boʻlishi belgilanmoqda. Bunda tibbiyot sohasida oliy yoki kasbiy taʼlim toʻgʻrisidagi diplom berilganda, yakuniy davlat attestatsiyasining natijasiga muvofiq davlat roʻyxatidan oʻtkaziladi Majlisda belgilanayotgan normalar aholining yuqori sifatli tibbiy xizmat olish huquqlarini samarali taʼminlashga, sogʻliqni saqlashni boshqarishning innovatsion modelini joriy etishga, qonunchilik va malaka talablariga mos kelmaydigan shaxslarning tibbiy hamda farmatsevtik faoliyat bilan shugʻullanishining oldini olishga xizmat qiladi.   Qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi va Senatga yuborildi.

  • 3 Fevral, 18:00
  • Batafsil
not found

Oksolin maz: u rostdan ham shamollashdan himoya qiladimi?

1970-yillarda paydo boʻlgan Oksolin mazi tez ommalashgan. Uni nafas yoʻllari infeksiyalarining oldini olish uchun qoʻllashgan, ayniqsa bolalarni himoya qilish maqsadida juda faol ishlatilgan. Preparatlar ikki xil kasallikni davolash uchun moʻljallangan ikki xil dori shaklida ishlab chiqariladi. Ikki shakl ham viruslarga qarshi vositalar toifasiga kiradi, ammo maqsadlari turlicha. Burun uchun maz Faol modda miqdori — 0,25% Burin shilliq qavatiga surtiladi Qoʻllanilish koʻrsatmalari: grippning oldini olish virusli tumovni davolash Tashqi qoʻllanish uchun maz Faol modda miqdori — 3% Soʻgallar va baʼzi virusli kasalliklarda qoʻllaniladi. Ikki maz ham tashqi koʻrinishi jihatidan juda oʻxshash. Shuning uchun sotib olayotganda va uyda ishlatayotganda qoʻllanmasini yaxshilab oʻqib chiqish lozim U qanday ishlaydi? Preparat 1970-yillarda Butunittifoq gripp ilmiy-tadqiqot institutida ishlab chiqilgan. Oʻsha paytda olimlari oʻtkazgan tajribalarga koʻra, faol modda gripp bilan kasallanishni 71% ga, boshqa nafas yoʻllari infeksiyalarini esa 44% ga kamaytirgan. Biroq bu tadqiqotlar 55 yil oldin oʻtkazilgan. Oʻsha davrda klinik tadqiqot standartlari hozirgidek qatʼiy emas edi. Shuning uchun oksolin mazi boʻyicha zamonaviy tadqiqotlar oʻtkazilmagan. 2020-yilda oʻtkazilgan meta-tahlilda olimlar 1970-yillardan buyon chop etilgan barcha maqolalarni tahlil qilishgan. Ular quyidagi xulosalarga kelishgan: maz deyarli nojoʻya taʼsirlar keltirib chiqarmaydi; vaksinasi mavjud boʻlmagan respirator infeksiyalar bilan kasallanish xavfini kamaytirishi mumkin; umumiy holda uni qoʻllash maqsadga muvofiq. Kuz boshlanishi bilan Oksolinga talab ortadi. Buni, masalan, Yandeksdagi qidiruv soʻrovlari statistikasidan ham koʻrish mumkin. 2025-yil avgust oyidayoq foydalanuvchilar maz haqida koʻproq qidira boshlashgan, sentyabrda esa bu koʻrsatkich avgustga nisbatan ikki barobar oshgan. Ilgarigi yillar statistikasi shuni koʻrsatadiki, talab mart oyining oxirigacha saqlanib qoladi — yaʼni ORVI tarqalishi pasaymaguncha. Profilaktika maqsadida maz burin shilliq qavatiga surtilganda ikki vazifani bajaradi: Burin shilliq qavatida yupqa qatlam hosil qiladi, viruslar kirishini qiyinlashtiradi; shilliq qavatni namlab, qurib ketishdan saqlaydi. Shu sababli u baʼzi odamlarda shamollash xavfini kamaytirishi mumkin. Oksolinli mazidan foydalanish, umuman olganda, xavfsiz. Ammo shilliq qavatlarni namlash uchun: oddiy vazelin, tuzli spreylar, burinni toʻgʻri yuvish, xonada havoni namlagichdan foydalanish, yetarli miqdorda suyuqlik ichish kabi usullar ham samarali boʻlishi mumkin. Xulosa. Oksolinli maz qoʻshimcha vosita sifatida ishlatilishi mumkin, lekin u gripp yoki ORVIdan toʻliq himoya qilmaydi. Asosiy eʼtiborni isbotlangan profilaktika usullariga qaratish kerak.

  • 30 Yanvar, 11:50
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech