Yangiliklar

not found

Aqlli soatlardan-to‘g‘ri foydalanasizmi?

Ogayo shtati universiteti qoshidagi Veksner tibbiyot-markazi mutaxassislari yurak urishini kuzatuvchi aqlli soatlar va boshqa gadjetlar foydalanuvchilari tomonidan yo‘l qo‘yilgan asosiy xatolar haqida gapirdi. Dekabr oyida tadqiqotchilar 1008 amerikalikdan yurak urishini nazorat qilish uchun aqlli qurilmalardan qanday foydalanishlarini aniqlash maqsadida so‘rov o‘tkazdilar. Ma’lumotlarni o‘rganib chiqqandan so‘ng, tadqiqotchilar foydalanuvchilarning qariyb 75 foizi yurak urish tezligini kuzatib borishini, lekin bu haqda shifokorlariga xabar bermasliklarini aniqladilar. Tadqiqotda ishtirok etgan kardiologlar aqlli gadjetlar tomonidan to‘plangan natijalarni yashirishni foydalanuvchilar tomonidan yo‘l qo‘yilgan asosiy xato deb atadi. Baxtsiz hodisa yoki kasalxonaga yotqizishlarini kutishdan ko‘ra, yurak faoliyatidagi o‘zgarishlar haqida vaqtida ma’lum qilish kerakligini ta’kidladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, aqlli soatlar yurak sog‘lig‘ini nazorat qilishda keng foydalaniladigan mashhur qurilma bo‘lib, respondentlarning 32 foizi ulardan foydalanadi. Ikkinchi o‘rinda portativ tonometr - 31 foiz, uchinchi o‘rinda turli xil fitnes ilovalari bo‘lib, ular 19 foiz ulush oldi. Xulosa qilib aytganda, kardiologlar oddiy vaqtda yurak urish tezligi daqiqada 60-100 marta bo‘lishini, jismoniy faollik paytida maksimal yurak urish tezligini odamning yoshini 220 dan ayirish yo‘li bilan hisoblash mumkinlini ta’kidlashdi.

  • 3 Fevral, 15:25
  • Batafsil
not found

Toshkent shahrida juda ko‘p miqdordagi dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi, DXX, Bojxona va IIB xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shug‘ullanib kelgan Sh.K. va boshqalar Chilonzor tumanidagi savdo majmuasi avtoturargohiga fuqaro D.Q. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasida olib kelingan 32 turdagi jami 42 777 dona sifatini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan dori vositalarini o‘tkazish maqsadida o‘zining boshqaruvidagi avtomashinada olib ketmoqchi bo‘lgan paytida ushlangan. Shundan so‘ng davom etgan tadbirda, fuqaro Sh.K. Toshkent viloyati, Chirchiq shahridagi xonadonida noqonuniy dori vositalarini saqlab kelganligi aniqlanib, 26 turdagi jami 72 540 dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Bundan tashqari, tezkor tadbir davomida fuqaro U.N. 70 quti dori vositalarini o‘zining boshqaruvidagi yuk avtomashinasida Buxoro shahridagi ulgurji dori vositalari savdosi bilan shug‘lulanuvchi "F.Ph.” MCHJga tegishli omborxonaga olib borganligi aniqlanib, MCHJ omborxonasidan 89 ming dona dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan. Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni o‘tkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki o‘tkazish, dori vositalarini yoki tibbiy buyumlarni dorixonalardan va ularning filiallaridan tashqarida realizatsiya qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

  • 3 Fevral, 12:25
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech