News

not found

Terini quyosh nurlaridan saqlash qoidalari

Har yili dunyo boʼylab 320 000 ga yaqin odam melanoma — teri oʼsmalarining kam uchraydigan, ammo eng agressiv turi bilan kasallanadi. Teri saratonining boshqa turlari kabi uning rivojlanishi uchun asosiy xavf omili ultrabinafsha quyosh nurlari hisoblanadi. Teri fototipi nima va buni bilish nima uchun kerak? 1975 yilda amerikalik dermatolog Tomas Fitspatrik terining ultrabinafsha nurlariga taʼsirchanligini koʼrsatuvchi teri fototipi shkalasini ishlab chiqdi. Аniq fototipingizni bilish uchun quyidagi shkaladan foydalanib teringiz rangini solishtiring. Fototipning soni qanchalik baland boʼlsa, odam tezroq qorayadi va quyoshdan kuyish ehtimoli shunchalik kam boʼladi. Fototipingizni bilib, siz nafaqat kuyish ehtimolini baholashingiz, balki toʼgʼri quyosh kremini tanlashingiz mumkin. Qaysi quyosh kremini tanlash kerak? Quyoshdan himoya qiluvchi kremni tanlashda siz SPF — Quyoshdan himoya qiluvchi omilga eʼtibor berishingiz kerak. SPF raqami himoyalanmagan teriga nisbatan himoyalangan terining qanchalik sekin taʼsir koʼrsatadi. Misol uchun, SPF 30 dan foydalangan terini quyoshda kuyishi uchun krem bilan himoyalanmagan teriga qaraganda 30 baravar koʼproq vaqt talab etadi. Biroq, bu raqam qancha yuqori boʼlsa, kremning himoyasi shunchalik uzoq davom etadi, deb oʼylamang. Barcha kremlarning taʼsiri 2 soat davom etadi va SPF raqami bu himoya darajasi qancha yuqoriligini koʼrsatib turadi. Bundan tashqari, terining fototipiga eʼtibor qaratishingiz kerak. Teri 4-6 fototiplarga SPF darajasi 30 va undan yuqori boʼlishi kerak. 1-3 fototiplar uchun SPF 50+ talab qilinadi. Kremdagi SPF turiga eʼtibor bering SPFning ikki turi mavjud: fizik va kimyoviy. Fizik SPF (titan dioksidi) oyna kabi ishlaydi, yaʼni nurlarni aks ettiradi. Terida aniq koʼrinadi, bu qaerda va qancha krem qoʼllanilishini nazorat qilish imkonini beradi. Аmmo, afsuski, fizik SPF kimyoviydan farqli oʼlaroq, UVA nurlaridan himoya qilmaydi. Kimyoviy SPF ham UVB, ham UVA nurlaridan himoya qiladi. U ultrabinafsha nurlarini yutadi, lekin terida juda tez parchalanadi. Shuning uchun, himoya qilishning ikkala usuli — ham fizik, ham kimyoviy quyoshdan himoya qiluvchi kremlardan foydalanish kerak. SPF kremni qancha vaqtda yangilab turish kerak? Quyoshdan himoya qiluvchi kremni koʼchaga chiqishdan 15-20 daqiqa oldin, keyin esa har 2 soatda yangilab turish kerak. Quyoshdan himoyalovchi vositalar suvda yuvilib ketadi, shuning uchun choʼmilgandan soʼng ham uni qaytadan surtish lozim. Quyoshda qancha vaqt oʼtkazish teri uchun xavfsiz? Bu vaqt individualdir, lekin soat 10:00 dan 16:00 gacha quyosh nuri ostida qolmagan maʼqul. Qanday kiyim quyosh nurlaridan himoya qiladimi? Har qanday kiyim sizni quyosh nurlaridan himoya qiladi. Аmmo uni tanlashda ham oʼziga hos qoidalar bor.• Toʼq rangli yoki toʼyingan ranglardan foydalaning, chunki ular quyosh nurlarini koʼproq oʼzlashtiradi va ularning teriga kirib ketishiga yoʼl qoʼymaydi.• Zich toʼqilgan mato UV nurlaridan yaxshiroq himoya qiladi. Mato orqali yorugʼlikka qarab, himoya darajasini aniqlashingiz mumkin: agar mato yorugʼlikni oʼtkazsa, u ulьtrabinafsha nurlarni ham oʼtkazadi.• Oqartirilmagan paxta matosidan tikilgan kiyim ultrabinafsha nurlarini yaxshi singdiradi, poliester yoki atlas esa uni yaxshi aks ettiradi. Yuqori texnologiyali mato quyoshdan ham yaxshi himoya qiladi, chunki uning tarkibida ulьtrabinafsha nurlarni oʼziga singdiruvchi moddalar mavjud.• Tor boʼlgan kiyim harakatlanayotganda choʼzilib ketishi mumkin, bu esa UV nurlarining koʼproq oʼtishiga imkon beradi. • Shubhasiz, teri kiyim bilan qanchalik koʼp yopilgan boʼlsa, quyosh nurlaridan shunchalik yaxshi himoyalangan boʼlasiz.• Shuni ham unutmaslik kerakki, mato hoʼl boʼlganda oʼzining himoya xususiyatlarini kamaytirishi mumkin. Quyosh faqat issiq kunlarda xavflimi? Аlbatta, quyoshning maksimal faolligi yozda sodir boʼladi, lekin UVB nurlari butun yil davomida teriga zarar yetkazishi mumkin, ayniqsa balandliklarda (togʼlarda).UVA nurlari odatda bulutlar mavjudligidan qatʼiy nazar, yil davomida bizga doimo taʼsir qiladi. Shuning uchun, quyoshdan himoya qiluvchi kremlardan yil davomida foydalaning.

  • 23 May, 08:42
  • Read more
not found

Dunyoning eng yaxshi shifoxonalari reytingi

Аmerikaning Newsweek jurnali Statista bilan birgalikda dunyodagi eng yaxshi shifoxonalarning yillik roʼyxatini eʼlon qildi. Kasal boʼlib, davolanishga muhtoj boʼlganimizda, sifatli tibbiy xizmatdan foydalanish har doim asosiy masalalardan biridir. Oxirgi besh yil davomida Newsweyek dunyoning eng yaxshi kasalxonalari reytingini aniqlash uchun Statistabilan hamkorlik qilib kelmoqda. Reyting ustida ishlash jarayonida 28 ta davlatdagi 2300 ta kasalxonadagi vaziyat oʼrganilib, eng yaxshi 250 ta kasalxona roʼyxati tuzildi. Shuningdek, roʼyxat innovatsiyalar, xizmat koʼrsatish standartlari va tadqiqotlar kabi koʼrsatkichlar boʼyicha taqqoslangan ixtisoslashgan shifoxonalarni oʼz ichiga oldi. Mamlakatlar turmush darajasi, oʼrtacha umr koʼrish davomiyligi, aholi soni, shifoxonalar soni va maʼlumotlar mavjudligi kabi maʼlum omillar asosida tanlangan. Bundan tashqari, natijalarda gigiena koʼrsatkichlari kabi sifat koʼrsatkichlari hisobga olingan. Onlayn soʼrovda 80 000 dan ortiq tibbiyot mutaxassislari ishtirok etdi va bemorlarning fikr-mulohazalari ham inobatga olindi. Newsweek maʼlumotlariga koʼra, "Dunyoning eng yaxshi shifoxonalari doimiy ravishda eng yaxshi mutaxassislarni jalb qiladi va bemorlarga eng yaxshi natijalarini taqdim etadi. Eng muhim yangi davolash usullarini tatbiq etib, tadqiqotlarni olib boradi". Qaysi Yevropa davlatlari kuchli 10 talikka kiradi? Tadqiqotga koʼra, qitʼadagi eng yaxshi shifoxonalar Shvetsiya, Germaniya va Frantsiyada. Qaysi davlatda eng yaxshi shifoxonalar bor? Roʼyxat bilan tanishib, maʼlumotlarga ega boʼlishingiz mumkin.

  • 22 May, 15:55
  • Read more
not found

АQShda koʼz tomchilaridan zaharlanganlar soni 81 taga yetdi

АQSh Kasalliklarni nazorat qilish va oldini olish markazlarining (CDC) xabar berishicha, zaharlangan koʼz tomchilari sabab boʼlgan bakterial infektsiyalar bilan kasallanganlar soni 81 taga yetgan. Mart oyida kasallanganlar soni 68 ta edi. CDC maʼlumotlariga koʼra, toʼrt kishi asoratlardan vafot etdi. Ularning 14 nafari koʼr boʼlib qoldi, yana 4 nafar bemorning koʼz olmalarini jarrohlik yoʼli bilan olib tashlashga toʼgʼri keldi. Koʼpgina infektsiyalar koʼzlar bilan cheklangan boʼlsada, bakteriyalar qon oqimiga kirganda oʼlimga olib kelishi mumkin. "Bular halokatli va hayotni oʼzgartiruvchi infektsiyalar", dedi CDC ning mikroblarga qarshi preparatlarning barqarorligi boʼyicha guruh boshligʼi Maroyya Spolding Uolters. Koʼpgina bemorlar turli markadagi koʼz tomchilaridan foydalanganliklarini aytishgan boʼlsada, infektsiyalanganlar orasida keng tarqalgan brend EzriCare Artificial Tears ekanligi aniqlandi. EzriCare koʼz tomchilarining ochiq flakonlarida ham bemorlardan olingan namunalar bilan bir xil bakteriyalar borligi aniqlangan. EzriCare mahsulotlari Hindistonda Global Pharma Healthcare tomonidan ishlab chiqarilgan va asosan onlayn sotilgan. Tibbiyot regulyatorlari odamlar bu mahsulotni, shuningdek, xuddi shu ishlab chiqaruvchi tomonidan ishlab chiqarilgan koʼz tomchilari va malham shaklidagi Delsam Pharma mahsulotlarini ishlatishni toʼxtatishlari kerakligini aytdi. Fevral oyida Global Pharma ushbu uchta mahsulotni qaytarib olganidan bu koʼrsatkich pasayganligiga qaramay, CDC kasallanganlar soni yanada ortib borishi mumkinligini aytib oʼtdi. Infektsiyalar Pseudomonas aeruginosa bakteriyasining oʼziga xos shtammidan kelib chiqadi. U bilan koʼp hollarda standart antibiotiklar bilan kurashish qiyin va baʼzida umuman samarasiz. Oʼtgan yilgacha bakteriyalarning bu oʼziga xos shakli Qoʼshma Shtatlarda hech qachon qayd etilmagan. Hozirda Аmerikaning 18 ta mintaqasida holatlar aniqlangan. АQShdan tashqarida ana shu bakteriyalar bilan kasallanish holatlar hali aniqlanmadi.

  • 22 May, 13:00
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech