Yangiliklar

not found

JSST chikungunya virusi global pandemiyasi haqida ogohlantirmoqda

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) chivinlar tarqatadigan chikungunya virusli kasalligining global epidemiyasi tarqalishidan xavotirda. Uning belgilari yuqori harorat va bo‘g‘imlardagi og‘riqlar bo‘lib, bu uzoq muddatli mehnat qobiliyatini yo‘qotishga olib keladi. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, kasallik allaqachon 119 mamlakatda aniqlangan, bu esa 5,6 milliard kishini xavf ostiga qo‘ymoqda. Tashkilot vakili Diana Roxas Alvaresning aytishicha, mamlakatlar oldindan tayyorgarlik ko‘rishlari uchun bugunoq xavf signalini berish lozim. Chikungunya - bu chivinlar orqali yuqadigan, tropik va subtropik hududlarda keng tarqalgan virusli infeksiya. Kasallik yuqori harorat va bo‘g‘imlarda kuchli og‘riqni keltirib chiqaradi, bu ko‘p bemorlarda bir necha haftadan oylab davom etishi mumkin. Og‘ir kechishi kamdan-kam uchraydi, lekin ayniqsa keksalar yoki og‘ir kasallikka chalingan odamlarda ko‘proq kuzatiladi. O‘lim darajasi bir foizdan kam bo‘lsa-da, millionlab holatlar uchun bu bir foiz minglab o‘limlarni anglatishi mumkinligini JSST ogohlantirmoqda. 2004 va 2005-yillarda Hind okeanidagi orol davlatlarida yuz bergan yirik epidemiya yarim millionga yaqin odamning hayotiga zomin bo‘lgan edi. Bugun JSST xuddi shunday manzarani kuzatmoqda: virus Hind okeanida, shuningdek, Madagaskar, Somali va Keniyada, hamda Janubiy Osiyoda tarqalmoqda. Hind okeani orollaridagi epidemiya bilan bog‘liq kasallikning chetdan kiritilgan holatlari Yevropada ham qayd etilgan. 2004-yilda boshlangan epidemiya paytida yuqtirishning bunday usullari allaqachon kuzatilgani sababli, JSST bu voqeaning takrorlanishining oldini olish uchun choralar ko‘rishga qat’iy chaqirmoqda. Yaqinda Robert Kox instituti Fransiyada, Fransiya-Germaniya chegarasiga yaqin joyda, chikungunya kasalligining yangi holati haqida ma’lum qildi. Bu yerda odam, chamasi, infeksiyalangan chivin chaqishi natijasida bevosita kasallikni yuqtirgan. Kronen Zeitung gazetasi xabar berishicha, u bu kasallikni safardan olib kelmagan.

  • 25 Iyul, 09:07
  • Batafsil
not found

Ukol qilmasdan emlashning noyob usuli ishlab chiqildi

Olimlar emlashning g‘ayrioddiy usulini - oddiy tish ipidan foydalanishni taklif etishdi. Nature Nanotechnology (Nat Nanotechnol) jurnalida e’lon qilingan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, tish bilan milk orasidagi tabiiy o‘tkazuvchan soha - milk egatchasi orqali emlash preparatlarini yuborish mahalliy va tizimli darajada kuchli immunitet javobini yuzaga keltirishi mumkin. Sichqonlarda o‘tkazilgan tajribalarda gripp virusi oqsillarini o‘z ichiga olgan nanozarrachalar bilan ishlov berilgan ip limfa tugunlari faoliyatini kuchaytirdi, o‘pka, taloq va ilik to‘qimalarida CD4+ T hujayralar sonini ko‘paytirdi hamda infeksiyadan barqaror himoyani ta’minlaydigan antitanalar ishlab chiqarilishini rag‘batlantirdi. An’anaviy usullardan farqli o‘laroq, bu usul burun orqali emlash bilan taqqoslanadigan darajada kuchliroq va uzoqroq davom etadigan immunitet reaksiyasini namoyon etdi. Usul yoshdan, ovqatlanish yoki suv ichishdan qat’i nazar samarali bo‘lib, inyeksiyalarni talab qilmagani sababli, uni ommaviy immunizatsiya uchun istiqbolli muqobil usul sifatida ko‘rsatdi. Bundan tashqari, tadqiqotchilar bu yondashuvni odamlarda ham sinab ko‘rishdi: flyuoressent bo‘yoq yordamida tish ipiga surtilgan moddalar haqiqatan ham milk egatiga yetib borishini aniqladilar. Mualliflarning fikricha, "floss-emlash" infeksiyalardan himoyalanishning qulay va og‘riqsiz usuli bo‘lishi mumkin. Bundan tashqari, u kelajakda vaksinalarni yetkazib berishning yangi platformalari uchun asos vazifasini o‘tashi mumkin.

  • 24 Iyul, 14:58
  • Batafsil
not found

Quyosh nuri allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi mumkin

Yozning ayni chillasidamiz. Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab anomal issiq ob-havo kuzatilmoqda. Jazirama hafta davomida saqlanib turishi prognoz qilinyapti. Albatta, bunday paytda quyoshdan himoyalanish muhim. Ayniqsa, yuqori darajadagi ultrabinafsha nurlari allergik reaksiyalarni keltirib chiqarishi bilan xavfli. Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Ilmira Razikova shu haqda ma’lumot berdi. — Bunday sharoitda terining quyosh nuriga ta’sirchanligi oshadi, — deydi mutaxassis. — Shu tufayli fotodermatoz kasalligi yuzaga kelishi mumkin. Ya’ni ultrabinafsha nurlanish teri yoki inson tanasidagi har qanday modda bilan o‘zaro ta’sirga kirishib, allergik reaksiya paydo qilishi ehtimoli yuqori. Fotodermatoz ko‘krakning yuqori qismi, bo‘yin, qo‘l sohalarida pufakcha, qavariq, qizil dog‘, kuyish ko‘rinishidagi turli toshmalar, ba’zan terining qipiqlanishi, qichishishi va shishlar yuzaga kelishi bilan namoyon bo‘ladi. Toshmalar quyosh nuri ta’sir qila boshlagan ilk soatlardan to bir hafta mobaynida hosil bo‘ladi. Bu xastalik alomatlari, odatda, muolajalardan so‘ng yo‘qoladi. Biroq u surunkali tus olishi ham mumkin. Shunday muammolardan saqlanish uchun, avvalo, soat 10:00 dan 16:00 gacha soya-salqin joylarda bo‘lish tavsiya etiladi. Imkon qadar yopiqroq kiyinish zarur. Ta’sirchan teri uchun mo‘ljallangan quyosh nuriga qarshi kremlardan foydalanish maqsadga muvofiq. Ba’zi dorilar fotodermatozni keltirib chiqarishi yoki xastalikni kuchaytirishi kuzatiladi. Shu bois preparatni qo‘llashdan oldin ko‘rsatmalarni diqqat bilan o‘qish yoki shifokor bilan maslahatlashish kerak. Shuningdek, Eritromitsin, Tetratsiklin va Streptomitsin kabi dorilar ultrafinafsha nurlarini tortish xususiyatiga ega. Ushbu malhamlarni qabul qilgan yoki yuz sohalariga surtgan bemorlarga issiq kunlarda kunduzi ko‘chaga chiqishlari tavsiya etilmaydi. Agar sizda fotodermatoz belgilari paydo bo‘lsa, Respublika ixtisoslashtirilgan allergologiya va klinik immunologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi hamda uning hududiy filiallariga murojaat qilishingiz mumkin.

  • 24 Iyul, 08:48
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech