09:48 (09.06.2025)
310
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash va nazorat qilish boshqarmasi tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2025-yilning 1-may holatiga:
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni chakana realizatsiya qilish bilan 12134 ta dorixona faoliyat olib bormoqda.
Faoliyat yuritayotgan 12134 ta dorixonadan:
• 8312 tasi - asosiy dorixona;
• 3822 tasi - filial (shoxobcha) hisoblanadi.
1 ta dorixona nechta aholiga to‘g‘ri keladi?
Bugungi kunda respublika bo‘yicha o‘rtacha 3 ming 100 nafar aholiga bitta dorixona to‘g‘ri keladi.