16:00 (05.06.2025)

451

Mutaxassis issiqda eng xavfli ichimliklarni sanab o‘tdi

Issiq kunlarda shirin ichimliklar sog‘liq uchun xavfli bo‘lishi mumkin, chunki ular qondagi glyukoza miqdorini keskin ko‘tarib yuborishi mumkin.

Bu haqda professor Marina Moiseyak ma’lum qildi.

— Sovuq gazlangan shirin ichimliklar ta’m bilish retseptorlarining sezuvchanligini pasaytiradi, shuning uchun inson ichayotgan ichimligi qanchalik shirin ekanligini sezmay qoladi. Bu esa qondagi glyukoza darajasining tez ko‘tarilishiga va natijada energiyaning keskin oshishiga olib kelishi mumkin, undan so‘ng esa charchoq paydo bo‘ladi, — deya ogohlantirdi mutaxassis.

Uning ta’kidlashicha, sovuq shirin gazli ichimliklar oshqozonga ham salbiy ta’sir ko‘rsatadi va II tur qandli diabet rivojlanish xavfini oshiradi. Mutaxassis tabiiy shakarli (5-7 foiz) kam gazlangan mevali ichimliklarni tanlashni tavsiya etadi. Bunday ichimliklar organizm tomonidan yaxshiroq o‘zlashtiriladi, to‘qlik hissini beradi va ortiqcha ovqatlanishdan saqlanishga yordam beradi. Eng xavfsiz variant esa oddiy suv hisoblanadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech