Yangiliklar

not found

Ortiqcha vaznning salbiy oqibatlari: kelajakda bizni nima kutmoqda

Ortiqcha vazn global muammoga aylangan. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, dunyo aholisining har sakkizinchisi ortiqcha vazndan aziyat chekadi. Olimlarning fikricha, bu aholining demografiyasi va salomatligiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Ortiqcha vazn demografiyaga qanday ta’sir qiladi: • Tug‘ilish darajasini pasaytiradi. Semizlik bilan og‘rigan ayollar homilador bo‘lish va homilani ko‘tarishda qiyinchiliklarga duch kelish ehtimoli ko‘proq. • Kelajak avlodlar salomatligini yomonlashtiradi. Otaning semirishi keyingi avlodlarda genetik va epigenetik o‘zgarishlar xavfini oshirishi mumkin. Bolalar ortiqcha vaznni meros qilib olishlari mumkin. • O‘lim darajasini oshiradi. Ortiqcha vazn jiddiy, og‘ir kasalliklarning rivojlanishiga ta’sir qiladi: yurak-qon tomir kasalliklari, II- turdagi diabet, onkologiya. • Butun mamlakat iqtisodiyotiga ta’sir qiladi. Aholi o‘rtasida ortiqcha vaznning ortishi sog‘liqni saqlash tizimiga tobora ko‘p bosim yuklamoqda. Nima qilish kerak: Mutaxassilarning fikricha, yurish, velosayr va gimnastrada kabi jismoniy faollikni kundalik turmush tarziga aylantirish har qaysi yoshdagi kishilar uchun foydadan holi emas. Kuniga kamida 4-5 kilometr piyoda yurish uzoq umr va sog‘lom hayot garovi. – Velosipedda sayr qilish jismoniy faollikning yana bir qulay va zavqli turi hisoblanadi. Velosayr mushak, yurak-qon tomir tizimini mustahakamlaydi, nafas olish ritmini rivojlantiradi. Tizimli harakatlar yog‘larning erishiga, shu orqali ortiqcha vazndan qutilishga olib keladi. – Shu o‘rinda qayd etish kerakki, semizlikka qarshi kurashda sog‘lom ovqatlanish ham muhim o‘rin tutadi. Jumladan, turli xil sabzavot va mevalarni iste’mol qilishga odatlanish kerak bo‘ladi. Yog‘li go‘sht mahsulotlarini dukkakli mahsulotlarga, baliq va parranda go‘shti yoki yog‘siz go‘shtlarga almashtirish, tuz va qandni imkon qadar kamroq iste’mol  qilish, ovqat bilan birga choy ichmaslik, tabiiy sharbatlar yoki qaynatilgan suv ichish kabi oddiy, ammo muhim qoidalarga rioya etgan ma’qul.

  • 26 Fevral, 11:50
  • Batafsil
not found

Faxriy donorlarga BHMning 15 barobari miqdorida pul mukofoti beriladi

Oliy Majlis Senatining kuni kecha bo‘lib o‘tgan yalpi majlisida beg‘araz donorlikni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltirilgan qonun senatorlar tomonidan ma’qullandi. “Donorlik harakatini qo‘llab-quvvatlash tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risida”gi mazkur qonun bilan bir qator yangiliklar kiritilmoqda. Ular quyidagilardan iborat: • “O‘zbekiston Respublikasi faxriy donori” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan shaxslarga bir yo‘la beriladigan pul mukofoti oshirilyapti. Ilgari ushbu mukofot BHMning 5 baravari miqdorida edi, endilikda 15 baravar etib belgilanayotir. • Ushbu ko‘krak nishoni bilan taqdirlangan donorlar o‘zlari uchun qulay bo‘lgan vaqtda har yilgi mehnat ta’tiliga chiqishi mumkin. • Shahar yo‘lovchi transportidan (yo‘nalishli va yo‘nalishsiz taksilardan tashqari) bepul foydalanadi. • Sanatoriy-kurortlarda davolanish uchun yo‘llanmalarni navbatsiz olish huquqiga ega bo‘ladi. Shuningdek, qonunda mahalliy davlat hokimiyati organlarining mazkur yo‘nalishdagi vazifalari ham aniq belgilangan. Ya’ni ular tomonidan aholi orasida beg‘araz donorlik madaniyatini shakllantirish, keng jamoatchilik ishtirokida rivojlantirish, donorlarga sifatli xizmatlar ko‘rsatish, ular uchun qulay shart-sharoitlar yaratish choralari ko‘riladi. Ushbu qonun pirovardida aholi orasida beg‘araz donorlik madaniyatini shakllantirishda huquqiy asos bo‘lib xizmat qiladi.

  • 25 Fevral, 14:50
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech