Yangiliklar

not found

Matbuot kotiblari uchun axborotga ega bo‘lish huquqi va strategik kommunikatsiya bo‘yicha o‘quv bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Ommaviy axborot vositalari uchun kontent tayyorlash markazi bilan hamkorlikda vazirliklar va davlat tashkilotlarining matbuot kotiblari uchun maxsus o‘quv treninglari turkumi o‘tkazildi. Ushbu maxsus o‘quv treninglarda "Dori-Darmon" AK matbuot xizmati rahbari Kumush Pardayeva ham ishtirok etdi. Xalqaro ekspertlar tomonidan olib borilgan ushbu treninglar pressa va axborot xizmati xodimlarining kasbiy salohiyatini oshirishga, fuqarolarning axborot olish huquqini xalqaro inson huquqlari standartlari asosida ta’minlashga, shuningdek davlat idoralari o‘rtasida strategik va inqirozli vaziyatlarda kommunikatsiyani kuchaytirishga qaratildi. Treninglarda quyidagi yo‘nalishlar qamrab olindi: · Axborotga ega bo‘lish huquqining universal inson huquqi sifatidagi o‘rni va davlat idoralari shaffofligi, hisobdorligi hamda jamoatchilik ishonchini oshirishdagi ahamiyati; · Davlat organlarining axborot taqdim etish bo‘yicha majburiyatlari, ushbu huquqning qonuniy cheklanishlari va samarali axborot oshkor qilish amaliyoti; · Strategik kommunikatsiyani rejalashtirish va idoralar o‘rtasida muvofiqlashtirish; · Raqamli davrda dezinformatsiyaga qarshi kurash, jumladan sun’iy intellekt va yangi paydo bo‘layotgan tahdidlar. Ushbu treninglar YUNESKO va Shveysariya Taraqqiyot va Hamkorlik agentligi (SDC) tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekiston hukumati va fuqarolarini axborotga ega bo‘lish, institutlar hisobdorligi va media savodxonligini kuchaytirish orqali qo‘llab-quvvatlash” nomli YUNESKONING OAV dasturi (AIM) doirasida amalga oshirildi. Loyiha O‘zbekistonning BMT Barqaror rivojlanish maqsadi 16.10 — jamoatchilikning axborotga ega bo‘lishini ta’minlash va asosiy erkinliklarni himoya qilish borasidagi maqsadlariga hissa qo‘shadi.

  • 23 Noyabr, 11:02
  • Batafsil
not found

Dunyo bo‘ylab bolalar orasida gipertoniya o‘sib borayotgani aniqlandi

Olimlar bu tendensiyani turmush tarzining yomonlashuvi va semirish holatlarining ko‘payishi bilan bog‘lamoqda. Dunyoda bolalar gipertoniyasi bilan kasallanish holatlari ko‘paymoqda, deyiladi Lancet portalida e’lon qilingan tadqiqotda.  «Bolalar gipertoniyasi butun dunyo bo‘ylab yosh aholining sezilarli va o‘sib borayotgan qismini qamrab olmoqda», deyiladi nashr xabarida. Olimlar bu tendensiyani turmush tarzining yomonlashuvi va semirish holatlarining ko‘payishi bilan bog‘lamoqda. Nashr mualliflari qariyb 444 ming bolani qamrab olgan maqolalar ma’lumotlarini tahlil qilib, 2000-2020 yillar oralig‘ida bolalar gipertoniyasining tarqalishi deyarli ikki baravarga oshganini aniqlashga muvaffaq bo‘ldi: o‘g‘il bolalarda 3,4 foizdan 6,53 foizgacha va qizlarda 3 foizdan 5,82 foizgacha. Tadqiqot natijalarini sharhlar ekan, Ispaniya kardiologiya jamiyati prezidenti Ignasio Fernandes Losano mutaxassislar o‘z amaliyotida uzoq vaqtdan beri kuzatib kelayotgan narsa tasdiqlanganini aytdi. «Bu xavotirli, chunki biz bolalar va o‘smirlarda yurak-qon tomir tizimining holati doimiy ravishda yomonlashib borayotganini ko‘rmoqdamiz. Gipertoniya - bu kattalar kasalligi va uning bunday yoshda paydo bo‘lishi xavotir uyg‘otadi», deb ogohlantirdi u. JSST ma’lumotlariga ko‘ra, 2020 yil oxirida dunyoda 1,13 milliard odamda gipertoniya kasalligi mavjud bo‘lib, ularning taxminan 40 foizi o‘z kasalligi haqida bilmaydi va faqat 10 foizi davolanadi.

  • 21 Noyabr, 11:00
  • Batafsil
not found

“Dori-Darmon” AK tomonidan navbatdagi o‘quv seminari tashkil etildi

“Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasi hamda hududlardagi jamiyatlarga qarashli dorixonalar rahbar va xodimlari uchun navbatdagi o‘quv seminari onlayn va oflayn formatda tashkil etildi. Mazkur o‘quvning maqsadi – dorixona mutaxassislarining bilim va malakasini oshirish, bozordagi yangi preparatlar haqida ilmiy-amaliy ma’lumot berish, shuningdek, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada yaxshilashdan iborat. Dastlab kompaniyaning tijorat direktori Ramil Abdulov tomonidan dorixonalarning noyabr oyi boshidan buyon amalga oshirgan savdo hajmi, ko‘rsatkichlarni tahlil qilish va ish samaradorligini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi. Shu bilan birga, oy boshidan buyon dorixona savdo hajmini sezilarli darajada oshirgan dorixona mudirlari e’tirof etilib, ularning tajribasini boshqa shahobchalar faoliyatida qo‘llash zarurligi qayd etildi. Shuningdek, kelgusi oylarda savdo dinamikasini yanada oshirish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi. O‘quv -seminarida O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan Xitoyning "Mu Lin Sen" farmatsevtika kompaniyasi vakillari ishtirok etdi. Ular an’anaviy va zamonaviy tibbiyotda keng qo‘llanilayotgan bir qator preparatlar, ularning tarkibi, qo‘llanilishi, foydali xususiyatlari, yon ta’sirlari haqida atroflicha ma’lumotlar berib o‘tdi. Taqdimat qilingan dori vositalaridan biri T-Life bo‘lib – umumiy sog‘lomlashtirishga yordam beruvchi, immunitet va organizm funksiyalarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan preparat. Neoderm – teri parvarishi va dermatologik holatlarni yumshatishga qaratilgan antibakterial, yallig‘lanishga, zamburug‘larga qarshi krem. “Jemchujniy kalsiy” – kalsiy bilan boyitilgan, organizmning suyak strukturasini mustahkamlashda yordam beruvchi qo‘shimcha sifatida taqdim etildi. Taqdimotdan so‘ng interaktiv savol-javob sessiyasi tashkil etildi. Ma’lumot uchun “Mu Lin Sen” –Xitoyda ishlab chiqarilgan dori vositalarini targ‘ib qilish va distribyutorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi kompaniya bo‘lib, Xitoyning eng yirik va xalqaro GMP standartlari asosida ishlab chiqaruvchi farmatsevtika korxonalari bilan hamkorlik qiladi. Kompaniyaning maqsadi – sifatli va ishonchli dori vositalarining bozorini kengaytirish, aholiga samarali tibbiy mahsulotlar yetkazishdir.

  • 20 Noyabr, 17:50
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech