09:00 (20.06.2025)
723
AQSh oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) kattalar va oʼsmirlarda OIV infektsiyasining oldini olish uchun Gilead Sciences kompaniyasining lenakapavirini tasdiqladi.
Preparat yiliga ikki marta inʼektsiya qilish uchun moʼljallangan. Gilead kompaniyasining aytishicha, dori Yeztugo savdo belgisi ostida sotuvga chiqariladi.
Regulyator qarorini intiqlik bilan kutayotgan investorlar va OIV ga qarshi kurashuvchilar ushbu dori 44 yillik OIV epidemiyasini tugatishga yordam berishiga umid qilishmoqda.
Lenakapavir OIV kapsid ingibitorlari sinfiga kiradi. Oʼtgan yili oʼtkazilgan yirik tadqiqotlar natijalariga koʼra, preparat 100% samarali. Bunday koʼrsatkichlar har yili 1,3 million odam yuqtiradigan virusning tarqalishini toʼxtatishga umid qilish imkonini beradi.
Gilead reparatni tezda Amerika bozoriga olib kirishni, shuningdek, hamkorlar yordamida boshqa mamlakatlarda ham targʼib qilishni rejalashtirmoqda.