12:00 (23.06.2025)

433

Sifati kafolatlanmagan farmatsevtika mahsulotlarining savdoga chiqarilishini oldi olindi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Аndijon viloyati boshqarmasi tomonidan oʼtkazilgan tezkor tadbirda qonunga xilof ravishda dori vositalari savdosi bilan shugʼullanib kelgan D.R. va turmush oʼrtogʼi B.U. “Onix” rusumli avtomashinasida hech qanday hujjatsiz 16 turdagi 1 174 dona dori vositalarini Qoʼrgʼontepa tumani hududidagi dorixonaga oʼtkazish maqsadida olib ketayotgan vaqtida ushlanib, davom etgan tadbirda ularning yashash xonadoni hamda ularga dori vositalarini yetkazib bergan “J.O.” MChJdan xorijda ishlab chiqarilgan 2 841 dona umumiy bahosi 427,8 mln soʼmlik sifatini tasdiqlovchi hujjatlari boʼlmagan dori vositalari ashyoviy dalil sifatida olingan.

Shu kabi, Departamentning Nurafshon shahri boʼlimi va Bojxona xodimlari hamkorligida tibbiy buyumlar va dori vositalarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida oʼtkazilgan tezkor tadbirda fuqaro M.А.ning boshqaruvidagi “Cobalt” rusumli avtomashinasi hamda yashash xonadonidan respublika hududiga aylanma yoʼllar orqali sotish maqsadida olib kelingan 36 turdagi tegishli hujjatlari boʼlmagan umumiy bahosi 311,1 mln soʼmlik tibbiy buyumlar ashyoviy dalil sifatida olingan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 25, 186-3-moddasi (sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni oʼtkazish maqsadida ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʼtkazish) bilan jinoyat ishlari qoʼzgʼatilib, tergov harakatlari oʼtkazilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech