12:00 (20.06.2025)
647
Soliq qoʻmitasining maʼlum qilishicha, shu yilning yanvar may oylarida “Soliq“ mobil ilovasining “Soliq hamkor“ tizimi orqali soliq huquqbuzarliklari haqida 45 496 ta murojaat kelib tushgan.
Shundan:
Murojaatlarning 21 510 tasi takroriy boʻlganligi yoki shikoyat kelib tushgan tadbirkorlik subyektida tekshiruv davom etayotganligi sababli koʻrib chiqilmagan.
Shuningdek, murojaatlar asosida 18 140 ta sayyor soliq tekshiruvi oʻtkazilib, 99,1% holatda huquqbuzarlik tasdiqlangan.
Huquqbuzarlik holatlari boʻyicha xabar bergan fuqarolarga 20 358 ta holat boʻyicha (undirilgan jarima summasidan 20%) 14,5 mlrd soʻm mukofot toʻlangan.