10:30 (15.01.2026)
85
O‘zbekiston Respublikasida vaqtinchalik tanqislik yuzaga kelgan taqdirda dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan ta’minlashni tashkil etish:
- respublika darajasidagi tibbiyot muassasalari;
- tibbiyotning ixtisoslashtirilgan yo‘nalishlaridagi assotsiatsiyalari;
- ulgurji farmatsevtika tashkilotlari;
- O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi;
- Vazirlikning tegishli tarkibiy bo‘linmalari (“Elektron sog‘liqni saqlash” axborot tizimi orqali dori vositalari va tibbiy jihozlarning tanqisligi aniqlanganda) tomonidan taqdim etiladigan ma’lumotlarni tahlil qilish asosida aniqlanadi.
Ro‘yxatdagi tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash vaziri tomonidan tasdiqlangan Vaqtinchalik tanqisligi yuzaga kelgan holatlarda dori vositalari va tibbiy jihozlar bilan ta’minlash bo‘yicha doimiy ishchi guruhga quyidagi ma’lumotlarni taqdim etadi:
- dori vositasi va tibbiy jihozning klinik ahamiyati, shu jumladan qamrab olinadigan aholi soni, dalillarga asoslangan tibbiyotda samaradorligi;
- dori vositasi va tibbiy jihozning terapiya tuzilishidagi xavflar, shu jumladan tanqislikning kelib chiqishiga sabab bo‘lgan omillar hamda tibbiyot muassasalarida mavjud qoldiqlari;
- dori vositasi va tibbiy jihozning O‘zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilishi yoki ishlab chiqarilishi to‘xtatilishi rejalashtirganligi;
- vaqtinchalik tanqislikni bartaraf etish uchun zarur bo‘lgan dori vositasi va tibbiy jihozning 3 oylik minimal miqdori (soni).
Bunda dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomi, doza va shakllari, tibbiy jihozlarning texnik talablari ko‘rsatiladi.