12:30 (30.10.2025)

83

Toshkentda “zakladchik”lar tarmogʻi va yashirin narkolaboratoriya fosh etildi

Toshkent shahrida 35 milliard soʻmlik kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni ishlab chiqargan narkolaboratoriya aniqlandi. 

Bu haqda Ichki ishlar vazirligi axborot xizmati xabar berdi. Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 22-oktabr kuni Toshkent shahrida Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazilgan. Unda kuchli taʼsir qiluvchi moddalarni “zakladka” usulida tarqatish bilan shugʻullanuvchi yirik uyushgan jinoiy guruh aʼzolarining toʻrt nafari jinoyat ustida qoʻlga olingan.

Dastlab Uchtepa tumanida ularning ikki nafari toʻxtatilib, avtomashinasi tekshirilganida 353 dona “Pregabalin” va 25 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlangan. Shundan soʻng tezkor tadbir davom ettirilib, jinoiy guruhning yana ikki nafar aʼzosi qoʻlga olingan.

Ushbu shaxslar vaqtincha yashab kelayotgan Yashnobod tumanidagi xonadonlardan birida yashirin narkolaboratoriya tashkil etgani aniqlanib, 50 kg “Pregabalin” va 1200 dona qadoqlangan “Pregabalin”, 2 kg va 400 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi moddalar, 2 litr xomashyolar, 112 000 dona qadoqlash uchun flakon va kapsulalar va boshqa zaruriy ashyoviy dalillar hujjatlashtirib olingan.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech