12:00 (18.08.2025)
56
Tamakini har tortganda tanaga toʼrt mingdan ortiq zaharli moddalar kiradi.
Turli tadqiqotlar asosida, tamaki isteʼmoli va baʼzi kasalliklar, jumladan yoshga bogʼliq makulyar degeneratsiya (koʼzning markaziy yoritilishini yoʼqotishga olib keladigan retina makulyar hududining zararlanishi) va glaukoma (koʼrishni toʼliq yoʼqotilishiga olib keladigan kasallik) oʼrtasidagi bogʼliqlik isbotlangan.
Tamakini har tortganda organizmga toʼrt mingdan ortiq toksik moddalar kirib, koʼz kletkalarini oziqlantiradigan kichik qon tomirlarining ishini buzadi. Bundan tashqari, tamaki tutuni qon tomirlarining keskin torayishiga olib keladi, bu esa toʼqimalarning gipoktsiyasiga va koʼz ichi suyuqligi chiqishining buzilishiga olib keladi, natijada koʼz ichidagi bosimning oshishiga, yaʼni glaukomaning asosiy yordamchisiga sabab boʼladi.
Tadqiqotlar shuni koʼrsatdiki, tamaki chekuvchilarda yoshga bogʼliq makulyar degeneratsiya rivojlanish xavfi, hech qachon chekmaganlarga qaraganda 2-4 baravar yuqori. Bundan tashqari, xavf chekishni tashlaganidan keyin 20 yil davomida saqlanib qoladi.
Bundan tashqari, tamaki tutuni koʼz toʼqimalarida kislorod va kollagen ishlab chiqarilishini kamaytiradi, bu esa muntazam tamaki chekilganda glaukomaning rivojlanishini tezlashtirishi mumkin.
Birlamchi oʼtkir burchakli glaukoma koʼrishning yoʼqolishi va koʼrlikning asosiy sabablaridan biridir: bugungi kunda dunyo boʼylab 60 milliondan ortiq odam undan aziyat chekmoqda. Mavjud dorilar kasallikning rivojlanishini sekinlashtirishi mumkin, ammo bu kasallikni toʼliq davolash imkoni hali mavjud emas. Shu sababli, chekishni tashlash - bu koʼz nurini saqlab qolish imkoniyatdir.