10:30 (07.07.2025)

47

SST zararli mahsulotlar narxini oshirishga chaqirdi

JSST dunyo mamlakatlarini 2035-yilgacha tamaki, alkogol va shirin ichimliklar narxini 50 foizga oshirishga chaqirdi.

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti (JSST) dunyoning barcha mamlakatlarini 2035-yilgacha alkogol, sigaret va shirin gazlangan ichimliklar narxini sog‘liq uchun soliqlar hisobiga kamida 50 foizga oshirishga chaqirdi. Bu haqda tashkilot bayonotida aytiladi.

JSSTning fikricha, bunday chora davlatlarga budjetga muhim daromadlar olishda yordam beradi va yuqumli bo‘lmagan kasalliklar (YUBK) tarqalishini to‘xtatadi. Tashabbus “3 ga 35” deb nomlandi.

JSST ma’lumotlariga ko‘ra, tamaki, spirtli ichimliklar va shirin ichimliklarni iste’mol qilish yuqumli bo‘lmagan kasalliklar, xususan yurak kasalliklari, saraton va qandli diabet epidemiyasini kuchaytirmoqda. Bu kasalliklar dunyodagi barcha o‘limlarning 75 foizdan ortig‘ini tashkil etadi.

Yaqinda e’lon qilingan hisobot shuni ko‘rsatdiki, bunday mahsulotlar narxini bir marta 50 foizga oshirish keyingi 50 yil ichida 50 million erta o‘limning oldini olishi mumkin, deya ta’kidladi JSST.

Tashabbusning maqsadi kelgusi 10 yil ichida 1 trillion dollarlik soliqlarni yig‘ishdir. 2012-yildan 2022-yilgacha 140 ga yaqin mamlakat tamaki mahsulotlariga soliqlarni oshirdi, natijada ularning real narxi 50 foizdan ko‘proqqa oshdi, deya qo‘shimcha qildi JSST.

“Jahon Sog‘liqni Saqlash Tashkiloti hukumatlarga tamakiga qarshi samarali kurashish va aholi salomatligini himoya qilishni qo‘llab-quvvatlash uchun bunday imtiyozli rejimlarni qayta ko‘rib chiqishni va kelajakda ularni qo‘llamaslikni tavsiya etadi”, deyiladi hujjatda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech