15:00 (17.10.2025)
71
Kuni kecha “Dori-Darmon” aksiyadorlik kompaniyasining Sirdaryo mintaqaviy boʻlinmasidagi dorixonalar tarmogʻida faoliyat yuritayotgan xodimlar uchun oʻquv treningi tashkil etildi. Ushbu tadbir “Berlin-Ximi” kompaniyasi vakillari hamkorligida amalga oshirildi.
Taʼkidlash joizki, bunday oʻquv-treninglar haftaning payshanba kunlari doimiy ravishda oʻtkazib kelinmoqda. Mazkur tashabbus “Dori-Darmon” AK rahbariyati tomonidan xodimlarning kasbiy salohiyatini oshirish, dori vositalarini toʻgʻri tavsiya etishni taʼminlash va aholiga sifatli farmatsevtik xizmat koʻrsatish maqsadida yoʻlga qoʻyilgan.
Ushbu haftaning treningida dori vositalari ishlab chiqarishdagi dunyo miqyosidagi yetakchi kompaniyalardan biri — “Berlin-Ximi” (Berlin-Chemie) kompaniyasining rasmiy vakillari "Dori-Darmon" AK dorixonalar tarmogʻi orqali aholiga yetkazib berilayotgan bir qator dori vositalari toʻgʻrisida batafsil maʼlumotlar berishdi. Xususan:
L-Tiroksin — qalqonsimon bez gormoni yetishmovchiligida qoʻllaniladi;
Siofor — qandli diabetning 2 tipini davolash uchun, ayniqsa tana vazni ortiqcha boʻlgan patsiyentlarni davolashda foydalaniladigan preparat;
Berlition — diabetik neyropatiyada va metabolik kasalliklarda asab tizimini qoʻllab-quvvatlovchi antioksidant vosita;
Yodomarin — yod yetishmovchiligini bartaraf etish va qalqonsimon bez faoliyatini normallashtirish uchun moʻljallangan.
Trening doirasida ishtirokchilar ushbu preparatlarning taʼsir mexanizmi, toʻgʻri dozalash va ularni bemorlarga tavsiya etishda eʼtibor qaratilishi kerak boʻlgan muhim jihatlar bilan tanishdilar. Shuningdek, amaliyotda yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan savol-javoblar ham tashkil etildi.
“Berlin-Ximi” vakillari tomonidan “Dori-Darmon” dorixonalaridagi farmatsevtlarning bilimga chanqoqligi va kasbiy yondashuvi yuqori baholandi. Ular ushbu treninglarning doimiy oʻtkazilishi, hodimlar uchun tajriba almashish va bilimlarini boyitib borishda juda muhim platforma ekanini taʼkidladilar.
100 yildаn ko’prоq vаqtdаn buyon BERLIN-XEMI innоvаtsiоn tаdqiqоtlаr оlib bоrаdi vа yangi, hаmdа sinаlgаn fаrmаtsеvtik mаhsulоtlаrni ishlаb chiqаrаdi. Dunyo miqyosidаgi tаnilgаn, Itаliyaning yеtаkchi fаrmаtsеvtik kоmpаniyasi bo’lgаn MЕNАRINI Gruppning bir qismi sifаtidа BERLIN-XEMI Gеrmаniya, Shаrqiy Yevropa vа MDH mintаqаsidаgi fаrmаtsеvtikа bоzоrlаrigа mаs’uldir.