12:00 (10.07.2025)

114

Shifokorlar braziliyalik ayolga 56 yil davomida tashxis qoʼya olmadi

Braziliyada shifokorlar 56 yil davomida mahalliy aholi vakili Mariya Lusiya de Аlmeyda Gomesga tashxis qoʼya olmadi. Uning tarixini Metropoles nashri yoritdi.

Gomesning sogʼligʼi bilan bogʼliq muammolar u atigi ikki yoshida paydo boʼlgan. Yoshi ulgʼaygan sari oyoqlari qiyshayib, tishlari erta toʼkilgan, oyoqlarida ogʼriq va jagʼida muammolar yuzaga kelgan. Butun umri davomida ogʼriq qoldiruvchi va yalligʼlanishga qarshi dorilar ichgan ayol 12 ta jarrohlik amaliyotini boshdan kechirgan, ammo ular hech qanday natija bermagan.

Braziliyalik ayol 58 yoshga toʼlganida, shifokorlar unga nihoyat tashxis qoʼyishdi — X-xromosomaga bogʼliq gipofosfatemik raxit.

Muttaxassislar Gomesga faqat bitta dori vositasini davolash uchun tayinlashdi va aynan shu dori tufayli uning hayot sifati ancha yaxshilandi. Maʼlum qilinishicha, agar ushbu dori qabul qilinmasa, barcha alomatlar tezda qaytadi, shuning uchun ayol dori qabul qilishni toʼxtatmasligi kerak.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech