14:49 (25.06.2025)
273
Olimlar 1-toifa diabetni ildiz hujayralari yordamida davolashning inqilobiy usulining birinchi muvaffaqiyatlari haqida xabar berishdi.
12 bemor ishtirok etgan klinik tadkikotda ularning aksariyati davolanishdan keyin 12 oy o‘tib, ahvoli sezilarli darajada yaxshilangan, faqat ikkitasi insulin qabul qilishni davom etgan. Tadqiqot New England Journal of Medicine jurnalida chop etildi.
1-toifa diabet - bu otoimmun kasallik bo‘lib, unda immunitet tizimi insulin ishlab chiqaradigan oshqozon osti bezi hujayralarini yo‘q qiladi. Ushbu kasallikka chalingan odamlar hayoti davomida insulin inyeksiyalari bilan qondagi qand miqdorini nazorat qilishlari kerak, bu esa insulin yetishmovchiligi tufayli gipoglikemiya va organlarning shikastlanishi xavfini keltirib chiqaradi.
Jarroh Trevr Reyxman boshchiligidagi Toronto universiteti tadqiqotchilari bemorlarga inson ildiz hujayralaridan olingan izolyatsiyalangan orolcha hujayralarini kiritishdi. Shu bilan birga, bemorlarga immunosupressiv davolash o‘tkazildi. Bemorlarning tanasida yangi hujayralar mustaqil ravishda xavfsiz miqdorda insulin ishlab chiqarishni boshladi, bu esa inyeksiyaga bo‘lgan ehtiyojni kamaytiradi.
Tadqiqot mualliflarining ta’kidlashicha, nojo‘ya ta’sirlar asosan immunosupressiya bilan bog‘liq. Terapiya bilan bevosita bog‘liq bo‘lmagan ikkita halokatli holatga qaramay, u xavfsiz deb topilgan va tadqiqot hozirda 3-bosqichda davom etmoqda.