09:00 (10.07.2025)
91
PLOS One jurnalida chop etilgan yangi tadqiqot shuni koʼrsatdiki, tuya suti — kasallikning asosiy sababchilaridan biri boʼlgan chang kengashaklari keltirib chiqaradigan allergik astmaning ogʼirligini kamaytiradi.
Hozircha sinovlar faqat sichqonlarda oʼtkazilgan, ammo natijalar tuya sutini anʼanaviy davolashga qoʼshimcha tarzida qoʼllash imkoniyatini koʼrsatmoqda. Tajribada sichqonlar uch guruhga boʼlindi: sogʼlomlar, sunʼiy ravishda astma qoʼzgʼatilganlar va astma boʼlib, tuya suti berilganlar.
Hayvonlarga har hafta besh marta, allergiya keltiruvchi modda taʼsiridan bir kun oldin boshlab, butun tadqiqot davomida har safar 0,5 millilitr tuya suti berildi. Tuya suti ichgan sichqonlarda nafas yoʼllarining allergiyaga sezuvchanligi kamaydi, yalligʼlanish va immun hujayralari, ayniqsa allergik astma bilan bogʼliq eozinofillar soni qisqardi.
Bundan tashqari, tuya suti allergik reaktsiyalar va yalligʼlanishli kasalliklarda ishtirok etuvchi T-xelper hujayralari (Th2 va Th17) sonini kamaytirdi, shuningdek, tuya suti yalligʼlanish oʼchogʼiga immun hujayralarini jalb qiluvchi CCL17 ximokini va sitokinlar darajasini ham pasaytirdi. Shu tariqa, tuya suti immunamodulyatsion va yalligʼlanishga qarshi taʼsir koʼrsatdi.
Mualliflarning taʼkidlashicha: tuya suti oqsillar, vitaminlar, antioksidantlar va immunoglobulinlarga boy boʼlsa-da, hozircha qaysi moddalar aynan shu taʼsirni taʼminlayotgani nomaʼlum. Bundan tashqari, tuya suti faqat bitta fermada olingan va sigir suti bilan taqqoslash amalga oshirilmagan. Shunday boʼlsa-da, bu tadqiqot tuya sutiga astma uchun potentsial yordam sifatida qiziqishni kuchaytiradi, ayniqsa allergik reaktsiyasi boʼlgan odamlarda.