12:00 (22.10.2025)

41

Jizzax va Samarqand viloyatlarida noqonuniy dori vositalari savdosiga chek qoʻyildi

Jizzax shahrida oʻtkazilgan tezkor tadbirda 1993-y.t. 2 nafar fuqaro tegishli hujjatlari boʻlmagan 400 dona “MISOPROSTOL” tabletkalari, 139 dona kapsulalar, 2 dona balzam va ularni qadoqlash uchun moʻjallangan 26 dona qutilarni 5 000 AQSH dollariga sotgan vaqtlarida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Tezkor tadbir davomida Jizzax shahrida joylashgan ayollar fitnes-klubi ham koʻzdan kechirilgan. Maʼlum boʻlishicha, u yerda qoʻlga olinganlar tomonidan tashkil qilingan yashirin sex aniqlanib, mazkur sexda qonunbuzar fuqarolar tomonidan turli xil dori vositalarini qoʻlbola usulda qadoqlash, taqsimlash va sotuvga tayyorlash bilan shugʻullanib kelgani fosh qilingan.

Tekshiruvlar natijasida 1 dona qadoqlash uskunasi, sotuvga tayyorlangan jami 141 dona kapsulalar, 1 ming 40 dona xitoy va ingliz tilida yozilgan soxta gologrammalar, 237 dona soxta shtrix kodlar, 1 ming 14 dona boʻsh kapsulalar, turli xildagi quti va paketlar protsessual tartibda rasmiylashtirib olingan.

Shu kabi yana bir holat, DXX Samarqand viloyati boʻyicha boshqarmasi tomonidan boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar bilan hamkorlikda oʻtkazilgan tezkor tadbirda ham aniqlangan.

Unga koʻra, Samarqand shahrida yashovchi, 1998-yilda tugʻilgan farmatsevtika mahsulotlari chakana savdosi bilan shugʻullanuvchi MCHJ menejeri Qirgʻiz Respublikasidan aylanma yoʻllar orqali olib kelingan hamda tarkibida psixotrop moddalar mavjud boʻlgan jami 9 ming 800 dona dori vositalarini shartli xaridorga 25 million soʻmga sotgan vaqtida qoʻlga olingan.

Hozirda har ikki holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech