18:00 (15.05.2025)
54
AQSH Oziq-ovqat va farmatsevtika idorasi (FDA) bolalar uchun ftorli oziq-ovqat qo‘shimchalarini bozordan olib tashlashni boshladi.
Ftor suv, tuproq va havoda uchraydigan mineraldir. Ftor kariyesning oldini olishga yordam berishi isbotlangan. O‘nlab yillar davomida ftor tish pastalari va boshqa tish parvarishi mahsulotlari tarkibiga qo‘shilgan.
Amerika stomatolog-gigiyenistlar assotsiatsiyasi prezidenti Yerin Xeyli-Xitsning so‘zlariga ko‘ra, ftor yetishmasligi og‘iz bo‘shlig‘i kasalliklari ko‘payishiga olib keladi.
Tashkilot vodoprovod suviga ftor qo‘shish tarafdori.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, bunday chora bolalar va kattalarda kariyes rivojlanish xavfini 25 foizdan ko‘proqqa kamaytirish imkonini beradi.
Biroq, AQSH sog‘liqni saqlash vaziri kichik Robert F. Kennedi vodoprovod suviga mineral qo‘shilishi ko‘plab sog‘liq muammolariga, jumladan saratonga sabab bo‘lishini ta’kidlaydi.
FDA 31- oktyabrgacha xavfsizlikka oid ma’lumotlarni tahlil qilishni yakunlashni rejalashtirmoqda. Shu bilan birga, ftorli mahsulotlarni bozordan olib tashlash bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.