09:30 (19.11.2025)

42

Endokrinolog: D vitamini yetishmovchiligi ortiqcha vaznga sabab bo‘ladi

O‘rtacha vazndagi insonlar bilan solishtirganda, semizlikka ega bemorlar qonida D vitamini darajasi o‘rtacha 20–30% past bo‘ladi.

Endokrinolog Diana Erikenovaning aytishicha, bu holat vitamin D iste’moli va quyosh nurlanishi bir xil bo‘lgan sharoitda ham kuzatilgan.

Vitamin D va ortiqcha vazn o‘rtasidagi bog‘liqlik ikki tomonlama deb hisoblanadi: semizlik vitaminning so‘rilishini qiyinlashtirishi va vitamin yetishmovchiligi esa vazn ortishiga hissa qo‘shishi mumkin. Amaliyotda esa bu ikki jarayon bir vaqtning o‘zida sodir bo‘lishi mumkin.

«Vitamin D yog‘ hujayralarida to‘planib, organizm tomonidan faol ravishda foydalanish uchun qolmaydi. Bu uning qondagi konsentratsiyasini, ovqat va qo‘shimchalar orqali yetarli qabul qilinsa ham, pasayishiga olib keladi. Jigar va buyraklarda vitamin Dning faol shaklining ishlab chiqarilishi kamayadi, ayniqsa, agar bemorda jigarda yog‘ to‘planishi bilan bog‘liq kasallik bo‘lsa. Shuning uchun, vitamin D yetishmovchiligi, hatto uni yetarli miqdorda iste’mol qilsangiz ham, yuzaga keladi”, — deb tushuntirdi shifokor.

D vitamini yetishmasligi insulin qarshiligiga olib kelishi mumkin, bu esa semiz bemorlarda metabolik holatni yomonlashtiradi va yog‘ to‘qimalari to‘planishini kuchaytiradi.

«Bu ildiziga yetib bo‘lmaydigan “ muammodan” faqat bir vaqtning o‘zida tana vaznini meyorlash, yallig‘lanishni kamaytirish va D vitamini yetishmoqchiligini to‘ldirish orqali chiqish mumkin. Shuning uchun xalqaro tavsiyalarda ortiqcha vaznga ega odamlarda vitamin D dozasini 1,5–2 barobarga oshirish, ya’ni profilaktika maqsadida kuniga 4000 ME gacha qabul qilishni tavsiya qiladi. Albatta, qondagi vitamin D darajasi nazorati bilan”, — deb qo‘shimcha qildi mutaxassis.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech