14:26 (20.10.2025)

46

Elektron retsept tizimini joriy etish bo‘yicha seminar bo‘lib o‘tdi

Sog‘liqni saqlash vazirligi binosida elektron retsept tizimini joriy etish masalalariga bag‘ishlangan seminar tashkil etildi.

Tadbirda Sog‘liqni saqlash, Raqamli texnologiyalar va Adliya vazirligi, Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi, Soliq qo‘mitasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti, shuningdek, Toshkent shahridagi dorixonalar mas’ul xodimlari, xususan "Dori-Darmon" AK mas’ullari ishtirok etdi. 

Uchrashuvda mutaxassislar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 8 sentabrdagi «Sog‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirish jarayonlarini yanada jadallashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 570-son qarori mazmun mohiyati, elektron retsept tizimining joriy etilishi, amaliyotda qo‘llanilishi hamda dorixonalar faoliyatiga oid litsenziya shartlariga kiritilgan yangiliklar, qonunchilikdagi mazkur o‘zgarishlar va dorixonalarda ushbu tizim bilan ishlashning afzalliklari yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Eslatib o‘tamiz, Vazirlar Mahkamasining 570-son qaroriga muvofiq 2025-yil 10 dekabrdan boshlab, Toshkent shahri hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 19 maydagi PF-88-son Farmoniga muvofiq tajriba-sinov loyihasi amalga oshiriladigan 15 ta tuman, shaharlardagi barcha tibbiyot tashkilotlarida dori vositalarini bemorlarga tayinlashda dori vositalarining xalqaro patentlanmagan nomi bo‘yicha (agar mavjud bo‘lsa) elektron retsept rasmiylashtirilishi belgilangan.

Seminar davomida dorixona vakillari elektron retsept tizimini joriy etish bilan bog‘liq mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan fikr almashishdi hamda takliflar berishdi. Shuningdek, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishdi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech