18:00 (17.07.2026)
13
"Dori-Darmon" aksiyadorlik kompaniyasi Kuzatuv kengashining 2026 yil 19 iyundagi qaroriga asosan 2026 yil 17 iyul kuni Kompaniyaning majlislar zalida kompaniya aksiyadorlarining navbatdagi yillik umumiy yigʼilishi boʼlib oʼtdi.
Yigʼilishda:
➖ Kompaniya Kuzatuv kengashining 2025 yil yakunlari boʼyicha hisobotini tasdiqlash hamda avvalgi yillar boʼyicha Kuzatuv kengashi raisining maʼlumotini eshitish;
➖ Kompaniyaning 2025 yil yakuni boʼyicha tashqi audit natijalari va auditorlik tashkilotining xulosasini koʼrib chiqish;
➖ Kompaniya boshqaruvining 2025 yil yakunlari boʼyicha yillik hisobotini tasdiqlash;
➖ Kompaniya korporativ boshqaruv tizimini 2025 yil yakunlari boʼyicha baholash natijalarini koʼrib chiqish;
➖ Kompaniyaning 2025 yil yakunlari boʼyicha sof foyda/zararini taqsimlash;
➖ Kompaniyaning 2026 yil uchun biznes-rejasini tasdiqlash;
➖ Kompaniyaning 2026 yil moliyaviy–xoʼjalik faoliyatini moliyaviy hisobotlarning milliy va xalqaro standartlari talablariga muvofiq tashqi audit tekshiruvidan oʼtkazish, auditorlik tashkilotini tanlash va unga toʼlanadigan haq miqdorini belgilash;
➖ Kompaniyaning amaldagi Kuzatuv kengashi aʼzolarining vakolatlarini muddatidan oldin tugatish;
➖ Kompaniya Kuzatuv kengashining yangi tarkibini saylash va boshqa masalalar koʼrib chiqildi.
Kompaniya Kuzatuv kengashining yangi tarkibiga:
Fozilkarimov Otabek Rustamovich - Oʼzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vaziri oʼrinbosari.
Muxamedov Sherzod Dilmuratovich - Oʼzbekiston Respublikasi Sogʼliqni saqlash vaziri oʼrinbosari.
Ikramov Muzraf Muborakxodjaevich - Oʼzbekiston Respublikasi Аdliya vaziri oʼrinbosari.
Usmonov Bekzod Shavkat oʼgʼli - "Elektron onlayn-auktsionlarni tashkil etish" АJ direktori.
Sofarov Shuhrat Uralovich - Oʼzbekiston Respublikasi Davlat aktivlarini boshqarish agentligi boshqarma boshligʼi.
Аxmatov Davranbek Jurayevich - “SKY HILL” MChJ QK vakili.
Mustafaev Zafar Boʼriboevich - «Uzbek Lizing International» АJ Bosh direktori.
Kuzatuv kengashiga mustaqil aʼzo sifatida:
Rasulova Dilfuza Valievna- Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi professori saylandi.