12:00 (17.08.2026)
178
Аmerika pediatriya akademiyasi (AAP) 2026–2027 yilgi gripp mavsumi uchun yangi tavsiyalarini eʼlon qildi.
✔️ Emlash — 6 oylikdan boshlab har yili
AAP tibbiy qarshi koʼrsatmalar boʼlmagan hollarda 6 oylikdan boshlab barcha bolalarni grippga qarshi emlashni tavsiya qiladi.
Bolaning yoshi va sogʼligʼi holatiga mos keladigan litsenziyalangan har qanday vaktsinadan foydalanish mumkin. AAP muayyan vaktsina yoki preparat shakliga ustunlik bermaydi.
✔️ Virusga qarshi davolash — imkon qadar erta
Grippga gumon qilingan yoki gripp tasdiqlangan bolalarga virusga qarshi preparatlar bilan davolash tavsiya etiladi, agar ular:
• shifoxonaga yotqizilgan boʼlsa;
• kasallik ogʼir, asoratli yoki avj olib borayotgan boʼlsa;
• surunkali kasalliklar yoki immunitet tanqisligi kabi holatlar tufayli asoratlar xavfi yuqori boʼlgan guruhga kirsa.
Koʼrsatma mavjud boʼlganda, bola grippga qarshi emlangan yoki emlanmaganidan va kasallik boshlanganidan qancha vaqt oʼtganidan qatʼi nazar, davolashni imkon qadar erta boshlash kerak.
Аsoratlar xavfi yuqori boʼlmagan bolalarda ham virusga qarshi davolash ambulator sharoitda koʼrib chiqilishi mumkin. Аyniqsa, davolashni kasallikning dastlabki 48 soati ichida boshlash juda muhim.
✔️ Kontaktdan keyin virusga qarshi profilaktika — ayrim holatlardagina
Gripp virusi bilan kontaktdan keyin virusga qarshi kimyoviy profilaktika ayrim holatlarda, masalan, asoratlar xavfi yuqori boʼlgan baʼzi bolalarga tavsiya qilinishi mumkin. Аyniqsa, ular emlanmagan boʼlsa yoki vaktsinadan keyin yetarli immunitet shakllanmasligi kutilsa.
Shu bilan birga, virusga qarshi profilaktika vaktsinatsiya oʼrnini bosmaydi.
AAP bahosiga koʼra, 2025–2026 yilgi mavsumda bolalar orasida gripp kasalligi yuqori darajada ogʼir kechgan.