12:30 (19.11.2025)

42

Qayta ishlangan oziq-ovqatlar yo‘g‘on ichak saratoni xavfini oshirishi mumkin

Ultra qayta ishlangan mahsulotlarni (UPF) iste’mol qilish yo‘g‘on ichakdagi erta saratongacha bo‘lgan o‘zgarishlar xavfini sezilarli darajada oshirishi mumkin.

Massachusets General Brigam tadqiqotchilari qariyb 30 ming ayol ma’lumotlarini tahlil qilib, UPF ni eng ko‘p iste’mol qilganlarda adenomalar - yo‘g‘on ichak saratonining prekursorlari rivojlanish ehtimoli 45 foizga yuqori ekanligini aniqladi. Tadqiqot natijalari JAMA Oncology jurnalda e’lon qilindi.

Tadqiqotda Nurses’ Health Study II ma’lumotlaridan foydalanildi — bu yirik loyiha doirasida ayollar 24 yil davomida muntazam endoskopiyadan o‘tganr va oziq-ovqat iste’moli haqida batafsil so‘rovnomalar to‘ldirgan. O‘rtacha hisobda ishtirokchilar kunlik kaloriyaning taxminan 35 foizini ultraqayta ishlangan mahsulotlardan olishgan, ammo eng yuqori iste’mol guruhida bu ulush bir necha marotaba yuqori bo‘lgan. Ana shu guruhda erta yo‘g‘on ichak saratoni bilan bog‘liq adenomalar ko‘proq uchragan.

Bu bog‘liqlik semizlik, diabet va kletchatka kam iste’moli kabi boshqa xavf omillari hisobga olinganidan so‘ng ham saqlangan.

Mualliflarning ta’kidlashicha, erta bosqichda kolorektal saratonning o‘sishini faqat oziq-ovqat bilan izohlash mumkin emas, ammo ratsionda ultra qayta ishlangan mahsulotlar ulushini kamaytirish — xavfni pasaytirish uchun potensial muhim qadam hisoblanadi.

Hozirda jamoa kasallikning boshqa mumkin bo‘lgan qo‘zg‘atuvchi omillarini o‘rganishda davom etmoqda va ultra qayta ishlangan oziq-ovqat mahsulotlarining aniqroq tasniflarini ishlab chiqmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech