Yangiliklar

not found

Olimlar Omega-3ning yurak salomatligi uchun foydasini o‘rganishdi

Yurak-qon tomir kasalliklarining birlamchi profilaktikasi doirasida omega-3 yog‘ kislotalarining yurak-qon tomir tizimi salomatligiga ta’siri VITAL nomli eng yirik klinik tadqiqotida o‘rganildi. Besh yil davomida tadqiqotchilar anamnezida insult, yurak-qon tomir va onkologik kasalliklar bo‘lmagan 50 yoshdan oshgan 26 000 ga yaqin katta yoshli amerikaliklarning salomatlik holatini kuzatdilar. 2018-yilda New England Journal of Medicine jurnalida chop etilgan natijalar shuni ko‘rsatdiki, har kuni 1 gramm omega-3 ni qabul qilish jiddiy yurak-qon tomir kasalliklari, ya’ni miokard infarkti, insult va yurak-qon tomir kasalliklaridan o‘limning umumiy xavfiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmaydi. Shu bilan birga, natijalarning keyingi tahlili shuni ko‘rsatdiki, tadqiqotdan oldin ratsionda ko‘p miqdorda baliq iste’mol qilish yurak-qon tomir kasalliklarining og‘ir asoratlari xavfini statistik jihatdan sezilarli darajada 19% ga kamaytirishga yordam berdi. Bundan tashqari, omega-3 qabul qilgan kattalarda miokard infarkti xavfining plasebo guruhi ishtirokchilariga nisbatan 28% ga statistik jihatdan sezilarli darajada pasayishi kuzatildi. Shu bilan birga, tadqiqot boshlanishidan oldin kam baliq iste’mol qilgan odamlar o‘rtasidagi ko‘rsatkichlarni taqqoslash omega-3 oziq-ovqat qo‘shilmalari miokard infarkti xavfini 40% ga kamaytirishga yordam berishini tasdiqladi. Ovqat ratsioni baliq bilan boy bo‘lmagan odamlarda omega-3 qabul qilish miokard infarkti chastotasini pasaytirishdan tashqari, tadqiqotchilar yurak-qon tomir kasalliklarining ikki yoki undan ortiq xavf omillari (chekish, yuqori qon bosimi) mavjud bo‘lganda miokard infarkti chastotasini 44% ga pasayishini aniqladilar. Alohida tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, afro-amerikaliklarda omega-3 ni qabul qilish miokard infarkti xavfini 77% ga kamaytirishga yordam berdi. Taxminlarga ko‘ra, ushbu populyatsiyada omega-3 sintezi va metabolizmini keltirib chiqaradigan genetik variantlar bunda ma’lum rol o‘ynashi mumkin, ammo ushbu mexanizmlarni chuqurroq tushunish uchun qo‘shimcha tadqiqotlar zarur.  

  • 25 Oktyabr, 14:45
  • Batafsil
not found

Novo Nordisk FDA dan semaglutidning "dorixona tayyorlangan" nusxalarini sotishni taqiqlashni soʻradi

Daniyaning Novo Nordisk kompaniyasi AQSH oziq-ovqat va dori-darmonlar sifati ustidan sanitariya nazorati boshqarmasi (FDA) ga kompaunder dorixonalarga (compounding pharmacie - bu ishlab chiqarish dorixonasining analogi) tarkibida semaglutid boʻlgan (Ozempic va Wegovy)  vazn yoʻqotish va diabetni davolash uchun qoʻllaniladigan mashhur dori vositalarining nusxalarini tayyorlashni taqiqlashni soʻrab murojaat qildi. Qoʻshma Shtatlarda amal qiladigan qoidalarga koʻra, kompaunder dorixonalar tanqis boʻlgan firma dorilariga talabni qondirish uchun nusxalarini ishlab chiqishlari mumkin: tarkibini birlashtirish, aralashtirish yoki oʻzgartirish orqali. Maʼlumki, Ozempic va Wegovy shu yil koʻp bora AQSHda tanqis boʻlgan. Daniya farmatsevtika ishlab chiqaruvchisi oʻz bayonotida FDA dan semaglutidni dorixonada tayyorlash va keyinchalik sotish uchun taqiqlangan dorilar roʻyxatiga kiritishni soʻradi. Novo Nordisk maʼlumotlariga koʻra, Wegovyning kombinatsiyalangan versiyalari notoʻgʻri dozalarda sotiladi, nomaʼlum qoʻshimchalarni oʻz ichiga oladi, bu esa 2018-yildan beri qayd etilgan 400 taga yaqin jiddiy nojoʻya taʼsirlar bilan bogʻliq boʻlishi mumkin. Novo Nordisk "dorixona" semaglutidining sotuvini toʻxtatishga urinishdan tashqari, original niqob ostida qalbakilashtirilgan dorilarni sotishga qarshi kurashishga ham majbur. Baʼzi oʻrganilgan namunalarda 33% gacha nomaʼlum aralashmalar mavjud, boshqalari esa foydalanish taqiqlangan BPC-157 peptidini oʻz ichiga oladi, deb maʼlum qilgan edi kompaniya 2023-yil oxirida. 2024-yilda FDA bir nechta kompaniyalarga semaglutidning tasdiqlanmagan va notoʻgʻri markirovkalangan versiyalarini sotgani uchun ogohlantirish xatlarini yubordi.

  • 25 Oktyabr, 11:56
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech