12:10 (22.05.2026)
33
Urganch davlat tibbiyot instituti bitiruvchilari bandligini ta’minlash, ularni mehnat bozorida talab yuqori bo‘lgan ish o‘rinlari bilan tanishtirish maqsadida “Karyera–2026” mehnat yarmarkasi tashkil etildi. Tadbirda davlat va xususiy sektorda faoliyat yuritayotgan tashkilotlar qatorida “Xorazm Dori-Darmon” MCHJ ham ishtirok etdi.
Mehnat yarmarkasi davomida talabalar va bitiruvchilarga jamiyat tizimidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari, mehnat sharoitlari hamda yosh mutaxassislar uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek, ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning qiziqishlari va kasbiy yo‘nalishlari asosida takliflar bildirildi.
Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar siyosati doirasida bitiruvchi yoshlarni munosib ish bilan ta’minlash, ularning kasbiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligini ta’minlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. “Karyera–2026” ham ana shu ezgu maqsadlarga xizmat qilib, yoshlar va ish beruvchilar o‘rtasida samarali muloqot maydoniga aylandi.