17:30 (09.07.2026)

121

Tarvuz qaysi kasalliklarda xavfli bo‘lishi mumkin?

Buyrak kasalliklari va qandli diabeti bor insonlar uchun tarvuzni ortiqcha iste'mol qilish sog‘liqqa salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

Mutaxassislarning ta'kidlashicha, buyrak kasalliklari yoki shishlarga moyilligi bo‘lgan odamlarda tarvuzning siydik haydovchi xususiyati ayiruv tizimiga qo‘shimcha yuklama beradi. Bu esa organizmga salbiy ta'sir ko‘rsatishi mumkin.

Shuningdek, siydik-tosh kasalligi mavjud bo‘lgan bemorlarda tarvuzni me'yoridan ortiq iste'mol qilish buyrak yoki siydik yo‘llaridagi toshlarning siljishiga sabab bo‘lishi mumkin.

Tarvuz tarkibida tez o‘zlashtiriladigan tabiiy qandlar mavjud bo‘lib, uning glikemik indeksi yuqori. Shu bois u qondagi glyukoza miqdorining tez oshishiga olib kelishi mumkin. Qandli diabeti bor insonlar tarvuzni ehtiyotkorlik bilan iste'mol qilishlari lozim. Shifokor bilan maslahatlashib va qondagi glyukoza darajasini nazorat qilgan holda, bir martada 150–200 gramm iste'mol qilishga ruxsat etilishi mumkin.

Mutaxassislar tavsiyasiga ko‘ra, sog‘lom katta yoshli inson bir kunda 800 grammdan ortiq tarvuz iste'mol qilmasligi kerak. Bir martada xavfsiz hisoblangan miqdor 200–300 gramm (taxminan 1–2 bo‘lak tarvuz) ni tashkil etadi.

Eslatma: Ushbu tavsiyalar umumiy xarakterga ega. Agar sizda buyrak kasalliklari, qandli diabet yoki boshqa surunkali kasalliklar mavjud bo‘lsa, tarvuzni iste'mol qilish bo‘yicha shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech