12:30 (15.12.2025)
49
Hukumat qarori (784-son, 11.12.2025-y.) bilan “Tadbirkorlik subyektlariga subsidiyalar, imtiyozlar va preferensiyalar taqdim etilishini monitoring qilish, ularning samaradorligini baholash hamda asossiz olingan va maqsadsiz foydalanilgan subsidiyalarni qaytarib olish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizomga koʻra, qoʻllab-quvvatlash choralarini taqdim etishda ularni taqdim etadigan tashkilot tomonidan tadbirkor erishishi lozim boʻlgan aniq maqsadli koʻrsatkichlar belgilanadi.
✅ Tadbirkorga subsidiyalar ajratilishi “subsidiya.mf.uz” platformasi orqali monitoring qilinadi.
Samaradorlikni baholashda manbalardan quyidagi ketma-ketlikda foydalaniladi:
▪️ tadbirkorning moliyaviy, soliq hisobotlari;
▪️ sohaviy idoralar yoki statistika idoralari maʼlumotlari;
▪️ qoʻllab-quvvatlash choralari natijalari yuzasidan tadbirkor tomonidan taqdim etilgan maʼlumotlar.
Samaradorlik har bir tadbirkor uchun iqtisodiy, moliyaviy (byudjet) va ijtimoiy mezonlar boʻyicha alohida baholanadi.
Tadbirkorga taqdim etilgan subsidiyalar quyidagi hollarda qaytariladi:
- subsidiya shartnomasi (bitim) boʻyicha tadbirkor tomonidan erishish lozim boʻlgan aniq maqsadli koʻrsatkichlar bajarilmaganda;
- mablagʻlardan maqsadsiz va samarasiz foydalanilgani aniqlanganda;
- tadbirkor tomonidan tegishli hujjatlar yoki maʼlumotlarni notoʻgʻri yoxud buzib koʻrsatish va asossiz olingani holatlari aniqlanganda.