12:00 (04.07.2025)
78
Quyoshli yoz faslida koʼpgina insonlarni, ayniqsa ob-havo oʼzgarishiga sezgir kiilar oʼzlarini yomon his qilishadi. Nega yoz faslida bosh ogʼrigʼi avj oladi?
Vrach-nevrologning taʼkidlashicha, yozdagi bosh ogʼriqlarning bir necha sababi bor:
Аsosiy sababi – koʼp yorugʼlik
Yarqin quyosh nuri – bosh ogʼrigʼini qoʼzgʼatuvchi asosiy omillardan biri. Miyadagi haddan tashqari sezgir neyronlar koʼz toʼr pardasi orqali kirib kelayotgan kuchli yorugʼlikni qabul qila olmaydi. Аna shu taʼsir migrenni yoki bosh ogʼrigʼini keltirib chiqaradi.
Аgar inson 11:00 dan 17:00 gacha quyosh ostida koʼp vaqt oʼtkazsa, kuchli bosh ogʼrigʼi boshlanishi mumkin.
Yetarli miqdorda suyuqlik ichmaslik
Yozda, issiq kunlarda, har bir insonning tanaci ortiqcha terlaydi va bu orqali katta miqdorda suyuqlik yoʼqotiladi. Lekin koʼpchilik odamlar bu yoʼqotilgan suvni qayta toʼldirmaydi — mana shunda organizmda degidratatsiya (suvsizlanish) rivojlanadi. Bu esa bosh ogʼrigʼini keltirib chiqaradigan ikkinchi muhim omildir.
Sovuq ovqat va ichimliklar
Yozda koʼpchilik issiqni yengillashtirish uchun muzdek ichimliklar yoki sovuq desertlar (morojenoe,sovuq gazli ichimliklar va h.k.) isteʼmol qiladi. Аmmo bu shoshilinch "sovutish" nafaqat tish ogʼrigʼi, balki toʼsatdan bosh ogʼrigʼiga ham olib kelishi mumkin.
Nevrologning tushuntirishicha: «Sovuq ovqat va ichimliklar ogʼiz boʼshligʼidagi qon tomirlarini tezda kengaytiradi. Bu tomirlar orqali signalni troynichnыy nerv (uch shoxli asab) miyaga yetkazadi va shunda toʼsatdan bosh ogʼrigʼi paydo boʼladi.
Bundan tashqari havo oqimi yoʼq joyda tanaga kislorod yetishmasligi va oʼtkir hidlar ham bosh ogʼrigʼini ketirib chiqarishi mumkin.
Bosh ogʼrigʼidan qochish uchun nima qilish kerak? Asosiy qoidalar bosh ogʼrigʼini qoʼzgʼatadigan sabablardan kelib chiqadi:
1. Quyosh nurining toʼgʼridan toʼgʼri tushishidan koʼzlarni himoya qiling.
Quyosh nuri koʼp boʼlsa — koʼzoynak taqing,
Soat 11:00–17:00 orasida quyosh ostida koʼp yurmang,
Koʼp vaqt koʼchada boʼlsangiz — soyada yurishga harakat qiling.
2. Yetarlicha suv iching
Organizmga kerakli miqdorda suv kerak: tananing har 1 kg vazni uchun 30 ml suv,
Masalan: 70 kg vaznli odam — kamida 2.1 litr suv ichishi kerak,
Gazli ichimliklar, choy yoki qahva emas, faqat toza suv iching,
Suvni hamisha oʼzingiz bilan olib yuring.
3. Sovuq ichimliklar va ovqatlar
Аgar muzdek mahsulotlar bosh ogʼrigʼini keltirib chiqarsa, ularni ratsiondan chiqarib tashlang,
Sovuq ovqatni toʼgʼridan-toʼgʼri emas, biroz isib qolganidan keyin isteʼmol qiling.
4. Xonani tez-tez shamollating
Havo aylanmaydigan xonalarda uzoq vaqt oʼtirmang,
Har 1–2 soatda eshik-derazalarni ochib, shamollatishni odat qiling.
5. Oʼtkir hidlar — parfyumni kamaytiring
Issiqda miya va asab tizimi hidlarga nisbatan sezgirroq boʼladi, shu bois hatto yaxshi koʼrgan parfyumigiz ham bosh ogʼrigʼini chaqirishi mumkin, hidli mahsulotlar (dezodorant, atir, antiseptik, aromatizator)dan mumkin qadar kam foydalaning.
Shuningdek mutaxassis "bosh ogʼrigi kundaligi"ni yuritishni tavsiya qildi. Qachon va nimadan keyin bosh ogʼrigʼi paydo boʼlishini yozib boring, bu orqali asosiy sabablarni aniklash osonlashadi.