09:00 (24.02.2026)

163

2026-yilda qaysi farmatsevtik mutaxassisliklarga talab yuqori bo‘ladi

Farmatsevtika sohasidagi kadrlar bilan ishlashga mas’ul mutaxassislar 2026-yilda ilmiy-tadqiqot va ishlab chiqarish xodimlarining yetishmasligi muammosini hal qilishga e’tibor qaratishlari kerak bo‘ladi.

Avvalo, gap tadqiqot va ishlanmalar tajribasiga ega bo‘lgan kimogarlar, texnologlar va mikrobiologlar haqida bormoqda. Bu dori vositalarini ishlab chiqish loyihalari soni ortib borayotgani bilan bog‘liq.

Ishlab chiqarish quvvatlarining kengayishi va regulyator talablarining kuchayishi fonida sifat bo‘yicha mutaxassislarga bo‘lgan talab oshadi. Shuningdek, tadqiqotlar va ishlab chiqarish jarayonlarini raqamlashtirish maqsadida IT mutaxassislari — sun’iy intellekt (AI) ishlab chiquvchilari, BI va Data Science mutaxassislariga ham ehtiyoj ortib boradi.

Umuman olganda, ish beruvchilar mehnat bozoriga kengroq nazar tashlashga va qo‘shni sohalardan, jumladan kimyo sanoati va neftni qayta ishlash tarmog‘idan nomzodlarni ko‘rib chiqishga tayyor. Shuningdek, yoshi kattaroq mutaxassislar hamda ixtisoslashgan ta’limga ega bitiruvchilarga nisbatan ham qiziqish ortishi kutilmoqda.

Kadrlar yetishmovchiligi sharoitida malakali xodimlarni saqlab qolish muhim vazifa bo‘lib qolmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech