09:00 (04.07.2025)

86

Yalpizli choy xotira va diqqatni yaxshilaydi

Buyuk Britaniyadagi Nortumbriya universiteti olimlari yalpizli (myata) choyning hatto kichik qismi ham yoshi katta sogʼlom insonlarning xotira va diqqatini yaxshilashi mumkinligini aniqlashdi.

Tajribada 20 yoshdan 56 yoshgacha boʼlgan 25 nafar inson ishtirok etdi. Ixtiyoriy qatnashchilar ikki guruhga boʼlindi: bir guruhi har kuni 200 ml yalpizli choy, ikkinchisi esa — platseboli iliq suv ichishdi. Ichimlikni qabul qilishdan oldin va keyin ishtirokchilar diqqat, ishchi xotira, soʼzlarni qisqa muddatda eslab qolish hamda tasavvur- koʼrish orqali xotirada saqlashni tekshiruvchi bir necha testlarni bajarishdi. Bir vaqtning oʼzida olimlar miyaning diqqat va xotiraga javobgar qismida — prefrontal qobiqda — kislorod miqdorini ham oʼlchashdi.

Yalpizli choy ichgan ishtirokchilarning barchasida test natijalari yaxshilandi. Shu bilan birga, miyada — xususan, prefrontal qobiqda — qon aylanishi oshgani aniqlandi.

Аmmo tadqiqot natijalari miyadagi qon aylanishi bilan xotira yaxshilanishi oʼrtasida toʼgʼridan-toʼgʼri bogʼliqlik yoʼqligini koʼrsatdi. Olimlar fikriga koʼra, yalpiz miya faoliyatini qon aylanishi orqali emas, balki mentol — xotira va oʼqishga aloqador nerv retseptorlari va neyromediatorlarga taʼsiri orqali yaxshilaydi.

Olimlar kelajakda yalpizning aqliy faoliyatga taʼsirini mukammal oʼrganish uchun uzoq kuzatuvli va katta hajmdagi tajribalar oʼtkazishni rejalashtirishmoqda.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech