12:00 (02.07.2025)
79
Bolalarni hayot uchun xavfli bo‘lgan turli xil kasalliklarga qarshi emlash jarayoni so‘nggi yigirma yil ichida ancha sustlashgan, ayrim mamlakatlarda esa kamaygan. Bu ma’lumotni BBC tarqatgan.
Vaziyat koronavirus pandemiyasi tufayli yanada yomonlashdi va millionlab bola qizamiq, sil, poliomiyelit kabi xastaliklardan himoyasiz qoldi.
Tadqiqotchilar barcha davlatlar vaksina bilan ta’minlanishi uchun birgalikda harakat qilishga chaqirmoqda. Bolalar salomatligi bo‘yicha mutaxassislar emlash dasturlarini moliyalashtiradigan xalqaro yordam byudjetlari qisqarishi tufayli ahvol murakkablashayotganini aytmoqda.
100 ga yaqin mamlakatda qizamiqqa qarshi emlash kamaygan. Boy va kam daromadli mamlakatlarda emlash stavkasi bilan bog‘liq sezilarli tafovut saqlanib qolmoqda.
Hisob-kitobga ko‘ra, 1974 yildan buyon to‘rt milliarddan ko‘p bola emlangan. Natijada dunyo bo‘ylab taxminan 150 million o‘limning oldi olindi.