09:00 (17.12.2024)
994
Bugungi kunda turli kasalliklarni davolashda ishlatiladigan dorilar muhim o‘rin tutadi. Dorilar kasalliklarni nazorat qilish va salomatlikni yaxshilash uchun samarali vosita bo‘lishi mumkin.
Biroq, dori-darmonlarni mantiqsiz va keraksiz iste’mol qilish tanaga turli xil salbiy ta’sirlarni keltirib chiqarishi mumkin.
Dori vositalarini qabul qilishda sog‘liqni saqlash mutaxassisi tomonidan belgilangan dozalar va ko‘rsatmalarga aniq rioya qilish lozim. Bundan tashqari, bemorlar dori-darmonlarni mustaqil ravishda ishlatishdan oldin mutaxassis bilan maslahatlashib, dori-darmonlarni noto‘g‘ri maqsadlarda ishlatishdan qochishlari kerak.
Dori-darmonlarni haddan tashqari ko‘p iste’mol qilish immunitet tizimiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Ba’zi dorilar, masalan, antibiotiklar, infeksiyalarga qarshi kurashadigan mikroorganizmlarga qaratilgan. Biroq, bu dorilar haddan tashqari va keraksiz ishlatilsa, organizimga nojuya ta’sir qilishi mumkin. Bu, o‘z navbatida, i infeksiyalarni davolashni murakkablashtirishi mumkin. Chidamli bakteriyalar antibiotiklarga qarshi samarali bo‘lmagan superinfeksiyalarni keltirib chiqarishi va sog‘liqdagi muammolarini kuchaytirishi mumkin.
Dori vositalarining nojo‘ya ta’siri ma’lum bir dori turiga qarab farq qilishi mumkin. Dori-darmonlarni yuqori dozalarda qo‘llash ovqat hazm qilish tizimi muammolari, jigar shikastlanishi, buyraklar va yurak muammolarini keltirib chiqarishi mumkin. Bundan tashqari, dori vositalarining o‘zaro ta’siri va yon ta’siri tanadagi nomutanosiblik va salbiy reaksiyalarga sabab bo‘ladi.