11:52 (16.01.2025)

679

Aloqa yaxshi bo‘lmagan hududlarda Reimbursatsiya dasturi qanday ishlaydi?

Kompaniyamiz telegram-kanalining aloqa botiga kelgan savol:

2025 -yildan elektron retsept viloyatlarda joriy etilishi boshlanadi. Men Qashqadaryoning chekka hududidanman, bizda aloqa sifati yaxshi emas. Shifokor tomonidan elektron retsept rasmiylashtirilganda esa bemorning mobil telefoniga SMS kelar ekan. Aloqa sifati yaxshi bo‘lmagan hudularda bu tizim qanday joriy etiladi?

Reimbursatsiya, ya’ni “xarajatlarni qoplash” ma’nosini anglatadigan bu tizim 2025-yildan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Navoiy, Samarqand, Buxoro, Xorazm, Qashqadaryo viloyatlarida joriy etish boshlanadi hamda 2026-yil yakuniga qadar barcha hududlarda yo‘lga qo‘yilishi belgilangan.

Hozir dasturga 7 xil surunkali xastalik — gipertoniya, yurak-ishemik kasalligi, qandli diabetning 2 turi, bronxial astma va o‘pkaning surunkali obstruktiv xastaligi kiritilgan bo‘lib, ularga chalingan bemorlarga 27 xil dori-darmonlar bepul beriladi.

Tizimdan foydalanish imkon qadar soddalashtirilgan. Fuqaro, avvalo, oilaviy shifokorga borib uchraydi. Bordi-yu, unda nomlari keltirib o‘tilgan kasalliklardan biri yoki bir nechtasi aniqlanadigan bo‘lsa, shifokor elektron retsept shakllantiradi.

So‘ng bemor telefoniga SMS kod keladi va shu kod Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan shartnoma tuzgan dorixonaga ham boradi. Bemor yoki uning yaqinlaridan biri shu SMS kodni dorixona xodimiga ko‘rsatib, retseptdagi dorilarni olishi mumkin bo‘ladi.

SMS yaxshi ishlamaydigan joylardagi bemorlar nima qiladi? Albatta, bu masala ham hisobga olingan. Oilaviy shifokor tomonidan QR-kodli elektron retsept shakillantiriladi va bemorga beriladi. Bemor yoki uning yaqinlaridan biri QR-kodli elektron retseptni Davlat tibbiy sug‘urtasi jamg‘armasi bilan shartnoma tuzgan dorixona xodimiga taqdim etadi va o‘ziga kerakli dori vositalarini oladi.

Ammo shu bilan jarayonlar yakunlanmaydi. Bemor o‘zi olgan dorilarni qabul qilib bo‘lgach, yana shifokor huzuriga keladi. Shifokor uni tekshirib bo‘lgach, yangi elektron retseptni shakllantiradi. Bu shu jarayon to bemor darddan to‘liq forig‘ bo‘lib ketguni qadar davom etadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech