News

not found

Dunyoda dori vositalarining reklamasi qanday tartibga solinadi? Oʼzbekiston (6-qism)

Oʼzbekistonda dori vositalari reklamasi Oʼzbekiston Respublikasining “Reklama toʼgʼrisida”gi qonuni bilan tartibga solinadi. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi reklamaning aylanishi sohasida yagona davlat siyosati amalga oshirilishini taʼminlaydi. Oʼzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʼmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi reklamaning aylanishi sohasidagi vakolatli davlat organi sanaladi va reklamaning aylanishi sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oshiradi, reklama toʼgʼrisidagi qonunchilikning ijrosini taʼminlaydi, reklama toʼgʼrisidagi qonunchilik talablarining buzilishi hollari aniqlanganda ularni bartaraf etish choralarini koʼradi, reklamaga oid faoliyat subʼektlariga nisbatan moliyaviy sanktsiyalar qoʼllash haqida qonunchilikda belgilangan tartibda qarorlar qabul qiladi va h.k. Farmatsevtika korxonalari oʼz reklama kampaniyalarini ikki yoʼnalishda amalga oshiradi. Bular sogʼliqni saqlash sohasi mutaxassislari va dorixona egalaridan tashkil topgan professional auditoriya hamda keng isteʼmolchilar doirasi uchun moʼljallangan reklama maʼlumotidan iborat. Ommaviy axborot vositalarida faqat retseptsiz dori vositalarini reklama qilish ruxsat etilgan.  Dorilar reklamasida taniqli shaxslar, tibbiyot xodimlari yoki tashqi koʼrinishi shifokorlarning tashqi koʼrinishiga oʼxshash shaxslarning ishtirok etishi mumkin emas. Reklamalarda olimlar va tibbiyot xodimlarining tavsiyalaridan, shuningdek, alohida shaxslarning minnatdorligi va dori vositasining taʼsiri haqidagi hikoyalaridan iborat boʼlgan tavsiyalardan foydalanish ham taqiqlanadi. Retseptsiz beriladigan dori vositalarining reklamasida dori-darmon vositasini noyob, eng samarali, qoʼshimcha taʼsirlarning mavjud emasligi jihatidan eng xavfsiz vosita sifatida ifodalashga, boshqa dori vositalari bilan notoʼgʼri taqqoslashga yoʼl qoʼyilmasligi kerak. Retseptsiz beriladigan dori vositalarining reklamasi har bir holda ularni qoʼllashga va ulardan foydalanishga qarshi koʼrsatmalar mavjudligi, qoʼllashga doir yoʼriqnoma bilan tanishish yoki mutaxassislar maslahatini olish zarurligi toʼgʼrisidagi ogohlantirish bilan birga berilishi kerak. Telekanallar efirida, tele-, video-, kinoxronikali dasturlarda, radio eshittirishlarda dasturlarni reklama bilan uzib qoʼyishning umumiy davomiyligi dastur vaqtining bir soati davomida yigirma foizdan, biroq bir sutkada dastur vaqtining oʼn besh foizidan oshishi mumkin emas.  Quyidagi dori vositalarini reklama qilish taqiqlanadi: -faqat shifokorning retsepti boʼyicha tarqatiladigan dori vositalarini; -tarkibida giyohvandlik vositalari yoki psixotrop va (yoki) kuchli taʼsir qiluvchi moddalar mavjud boʼlgan dori vositalarini; -yurtimizda qoʼllash uchun ruxsat etilmagan va Sogʼliqni saqlash vazirligida davlat roʼyxatidan oʼtmagan dori vositalarini.  

  • 1 March, 09:02
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech