10:11 (01.03.2023)

1846

Yaroqlilik (saqlash) muddati oʼtgan, sifatsiz dori vositasini sotganlik uchun qanday javobgarlik bor?

Oʼzbekiston Respublikasining 2016 yil 4 yanvardagi "Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati toʼgʼrisida"gi qonuni 3-moddasida: “Cifatsiz dori vositasi va tibbiy buyum — yaroqsiz holga kelgan va (yoki) yaroqlilik muddati oʼtgan dori vositasi  va tibbiy buyum” deb taʼrif berilgan.

Sifatsiz dori vositalarini sotganlik uchun qonunchilikda maʼmuriy va jinoiy javobgarlik belgilangan. Jumladan:

Oʼzbekiston Respublikasi "Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisida"gi kodeksning 165¹-moddasiga muvofiq, sifatsiz yoki qalbakilashtirilgan dori vositalarini yoxud tibbiy buyumlarni realizatsiya qilish — mazkur huquqbuzarliklarni sodir etish qurollari va ashyolarini musodara qilib, bazaviy hisoblash miqdorining ellik baravaridan yuz baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab boʼladi.

Аgar bunday harakatlar maʼmuriy jazo qoʼllanilganidan keyin sodir etilgan boʼlsa, jinoiy javobgarlik uchun asos boʼladi. Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 1863-moddasiga koʼra-bazaviy hisoblash miqdorining yuz baravaridan uch yuz baravarigacha miqdorda jarima yoki uch yilgacha axloq tuzatish ishlari yoki ikki yildan besh yilgacha ozodlikni cheklash yoxud besh yildan  oʼn besh yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech