10:17 (27.02.2023)

1736

JSST "Tetratsiklin gidroxloridi USP 1%" surtma dori preparati haqida ogohlantirmoqda!

Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti 2023 yil 22 fevral sanasida eʼlon qilgan tibbiy mahsulot toʼgʼrisidagi №2/2023-sonli xabarnomasida:

Hindistonning "Galentic Pharma Pvt. Ltd." kompaniyasi ishlab chiqargan oftalmologiyada qoʼllaniladigan "Tetratsiklin gidroxloridi USP 1%" surtma dori preparati turli mamlakatlarga har xil markirovka yorligʼi ostida yetkazib berilgani shuningdek, baʼzi partiyalarda bir qator sifat muammolari boriligini maʼlum qilib, mazkur dori preparatini ehtiyotkorlik yuzasidan qoʼllamaslikni tavsiya qildi.

Shu oʼrinda, Sogʼliqni saqlash vazirligi “Dori vositalari, tibbiy buyumlar va tibbiy texnika ekspertizasi va standartlashtirish davlat markazi” yuqorida qayd etilgan, Hindistonning Galentic Pharma Pvt. Ltd., tomonidan ishlab chiqarilgan "Tetratsiklin gidroxloridi USP 1%" dori preparati Oʼzbekiston Respublikasida roʼyxatdan oʼtkazilmaganligini bildiradi.

Hurmatli yurtdoshlar!

Dori vositalarni qoʼllash chogʼida Sizda nojoʼya reaktsiyalar kuzatilsa, avvalo davolovchi shifokoringizga murojaat qiling!

Shifokor esa quyidagi havolada koʼrsatilgan shakldagi xabarnomani farmakonadzor@ssv.uz elektron pochtasiga yoki 100002, Toshkent sh., Ozod koʼchasi, K. Umarov tor koʼchasi, 16-uy manziliga joʼnatishi talab etiladi.

Murojaat uchun: (71) 203-01-01 | 4144


Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech