09:11 (27.02.2023)

1656

Dunyoda dori vositalarining reklamasi qanday tartibga solinadi. Osiyodagi eng yirik davlatlar (4- qism)

Yaponiyada Yaponiya farmatsevtika ishlab chiqaruvchilari uyushmalari federatsiyasi (Federation of Pharmaceutical Manufacturers Associations of Japan) tomonidan Dori vositalarini targʼib qilish boʼyicha ixtiyoriy Kodeks mavjud.

Hindistonda dori vositalarining ayrim toifalarini reklama qilish "Dori vositalari haqida"gi qonun bilan tartibga solinadi.

Xitoyda farmatsevtika mahsulotlarini reklama qilishni tartibga soluvchi "Reklama toʼgʼrisida" gi qonun mavjud boʼlib, qonunchilikka muvofiq, barcha ommaviy axborot vositalarida isteʼmolchi uchun retseptsiz sotiladigan dori vositalarini reklama qilishga ruxsat beriladi.

Asosiy mezon koʼrsatilgan maʼlumotlarning ishonchliligi boʼlib, u Davlat kengashi huzuridagi Dori vositalarining aylanishini tartibga solish boshqarmasi tomonidan tasdiqlanishi kerak. Shu bilan birga, retsept boʼyicha beriladigan dori vositalari farmatsevtika va tibbiyot sohasi mutaxassislari uchun ixtisoslashtirilgan nashrlarda eʼlon qilinishi mumkinligi belgilangan. Ixtisoslashgan nashrlar uchun maʼlumotlar keng jamoatchilikka ochiq boʼlmasligi kerak.

Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech