Yangiliklar

not found

Yangi tizim: Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazishdagi oʻzgarishlar

Sogʻliqni saqlash vazirligining “Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash jarayonlarini samarali tashkil qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi buyrugʻi qabul qilindi.  Buyruqqa asosan, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (my.gov.uz) orqali davlat xizmatlarini koʻrsatishning har bir bosqichida murojaatlar koʻrib chiqilishini toʻgʻridan-toʻgʻri kuzatib borish tartibi takomillashtirib borilishi belgilandi. Imtihon savollari bazasi sohadagi oʻzgarishlarga koʻra, har yili 1-sentyabrga qadar muntazam ravishda yangilab boriladi. Shu bilan birga, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qoʻmitasi, oliy tibbiy taʼlim muassasalari, Tibbiyot xodimlarining kasbiy malakasini rivojlantirish markazi, Respublika ixtisoslashtirilgan ilmiy hamda ilmiy-amaliy tibbiyot markazlari va ilmiy-tadqiqot institutlari rahbarlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi sogʻliqni saqlash vaziri, Toshkent shahar va viloyatlar sogʻliqni saqlash boshqarmalari boshliqlariga quyidagi vazifalar yuklatildi: ✔️tasarrufidagi davolash-profilaktika muassasalarida faoliyat yuritayotgan shifokor va farmatsevtlarni amaldagi malaka toifasining muddati tugashidan olti oy oldin navbatdagi majburiy attestatsiyadan oʻtishi lozimligi toʻgʻrisida yozma ravishda xabardor qilish; ✔️tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish tartibi bilan tanishtirilishi hamda attestatsiyadan oʻtish uchun hujjat topshirish boshlangunga qadar ularning malaka oshirishini tashkil etish; ✔️tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini attestatsiyadan oʻtishi uchun hujjatlarini tayyorlashi va oʻz vaqtida topshirishiga zaruriy shart-sharoitlar yaratib berish; ✔️tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini oʻz vaqtida attestatsiyadan oʻtishini taʼminlash maqsadida malaka toifasiga ega boʻlgan va boʻlmagan mutaxassislarning doimiy monitoringini yuritish; ✔️malaka toifasiga ega boʻlgan va boʻlmagan tibbiyot hamda farmatsevtika xodimlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlarning yillik tahliliy jadvalini oʻrnatilgan tartibda keyingi yilning 1-fevraliga qadar Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markaziga topshirilishini taʼminlash. Yangi tizimning asosiy afzalliklaridan biri shundaki, endilikda tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining hujjat topshirish hamda attestatsiyadan oʻtish uchun ortiqcha vaqt va mablagʻ sarflab poytaxtga kelishiga barham berildi. Hujjat topshirish va imtihondan oʻtish jarayonida inson omili aralashuvini minimallashtirish orqali korrupsiya xavfi va elementlari bartaraf etildi. Shunga koʻra, Sogʻliqni saqlash vazirligi tizimning barcha boʻgʻinidagi muassasa rahbarlari bu haqda doimiy ravishda targʻibot-tashviqot va tushuntirish ishlarini olib borishi lozimligi hamda barcha turdagi firibgarlik holatlarini oldini olish boʻyicha tegishli choralar koʻrishi belgilandi. Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi huzuridagi malaka toifasini berish boʻyicha ixtisoslashtirilgan attestatsiya komissiyalari raislari va aʼzolari attestatsiyalarning oʻz vaqtida hamda belgilangan talablar asosida adolatli va shaffof oʻtkazilishida shaxsan javobgar etib belgilandi. Bu saʼy-harakatlarning barchasi yetuk va chuqur bilimga ega, xalqaro maydonda raqobatbardosh kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.

  • 3 Iyul, 13:03
  • Batafsil
not found

Issiq havoda nima isteʼmol qilish kerak?

Issiq havoda organizm vitaminlarga boy ovqatlarga muhtoj. Bu haqda ovqatlanish boʻyicha mutaxassis Kamil Vildanov maʼlumot berdi.  "Yozgi jaziramada ovqatlanishning birinchi qoidasi ratsionga tabiiy antioksidantlarni qoʻshishdir, masalan, C va Ye vitaminlari. Ular hujayralarni yuqori harorat tufayli yuzaga keladigan oksidlovchi stressdan himoya qilishga yordam beradi", dedi mutaxassis. Uning soʻzlariga koʻra, V vitaminlari energiya berish va oʻzini yaxshi his qilishda ham muhim rol oʻynaydi. Mutaxassis yetarli miqdorda suv ichish muhimligini  ham taʼkidladi. Bu gidratsiyani saqlab qolish uchun zarur boʻlgan asosiy element hisoblanadi va issiq havoda suv isteʼmolini sezilarli darajada oshirish kerak. Ratsionga suvni oʻz ichiga olgan mahsulotlarni kiritish muhimdir. Ular orasida tarvuz, bodring va selderey birinchi oʻrinda turadi. Chia urugʻlari ham tanani namlash uchun foydalidir, shuningdek, kaliy va magniyga boy kokos suvi tanadagi elektrolitlar muvozanatini saqlashga yordam beradi. "Oʻz ratsioningizga kam yogʻli yogurtni qoʻshishni unutmang; u sogʻlom ichak mikroflorasini saqlashga yordam beradi, juda koʻp suvni oʻz ichiga oladi va organizm tomonidan oson soʻriladi", - maslahat berdi ekspert. Yalpiz tana haroratini yangilaydi va pasaytiradi, kinza tanani detoksifikatsiya qilishga yordam beradi. Qovoq va kabachka tanani S vitamini va kaliy bilan toʻydiradi. “Ammo yozning eng muhim antioksidantlari yashil va zanjabil choyidir. Kofein mavjudligiga qaramay, yashil choyni issiq havoda va sovutilgan holatda isgan yaxshi. Zanjabil choyi ovqat hazm qilishni yaxshilashga yordam beradi va tetiklantiruvchi taʼsir koʻrsatadi», - deya xulosa qildi mutaxassis.

  • 3 Iyul, 12:00
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech