Yangiliklar

not found

Anorni muntazam iste’mol qilish saraton va diabet xavfini kamaytiradi. Kuzgi foydali 5 ta mahsulot

Kuzda, sovuq mavsumda, salomatlik va immunitetni qo‘llab-quvvatlaydigan, ko‘p miqdorda vitaminlar, mikroelementlar va antioksidantlarni o‘z ichiga olgan mahsulotlarni albatta iste’mol qilish kerak, deydi endokrinolog va diyetolog Elvina Binatova. Mutaxassis anorni birinchi o‘ringa qo‘ydi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu mahsulot C vitamini va antioksidantlarning eng kuchli manbalaridan biridir. “Undan muntazam foydalanish saraton, diabet va yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq muammolarning oldini olishga yordam beradi. Anor tarkibidagi tola (kletkatcha) va meva kislotasi ichak faoliyati uchun ham foydalidir. Mevaga qizil rang beradigan antotsiyanlar esa organizm hujayralarini oksidlovchi stressdan himoya qiladi”, - deydi Binatova Navbatdagi super poliz mahsuloti bu qovoqdir. Mutaxassis ta’kidlaganidek, u ichakning normal ishlashiga yordam beradigan, toksinlar olib tashlaydigan va xolesterinni pasaytiradigan oziq-ovqat tolasiga boy. Qovoqda shuningdek, ko‘rish, teri, soch va qon tomirlari uchun foydali bo‘lgan beta-karotin mavjud. Bundan tashqari, u yoshga bog‘liq ko‘z kasalliklarining oldini olishga yordam beradi va immunitet tizimini mustahkamlaydi. Yana bir foydali kuz mevasi - bu klyukva, shifokorning fikriga ko‘ra, vitamin C tarkibi bo‘yicha rekordchi. “Ushbu rezavorda shuningdek, V guruhi vitaminlari, magniy, selen va sink mavjud bo‘lib, bu organizmni infeksiyalardan himoya qiladi. Klyukva virusli kasalliklarga qarshi kurashadi, yallig‘lanishni kamaytiradi va salitsil kislotasi tufayli immunitetni ko‘taradi, - dedi diyetolog. Mavsumiy muhim o‘simliklardan yana biri chakanda (oblepixa)dir. “U rux, magniy va selen kabi mikroelementlarga boy. Chakandada eriydigan oziq-ovqat tolasi mavjud bo‘lib, u ovqat hazm qilish tizimi va o‘t pufagi faoliyatini yaxshilaydi. Chakandadagi beta-karotin ko‘rishni va terining holatini yaxshilaydi, - dedi Binatova. Mavsumiy qo‘ziqorinlar ham mavsumiy super mahsulot hisoblanadi. U oqsil, D vitamini va tolaning noyob manbai. “Qo‘ziqorinlar ichak faoliyatini qo‘llab-quvvatlaydi va foydali bakteriyalarni oziqlantiradigan prebiotiklardir. Bundan tashqari, qo‘ziqorinlar organizmni oksidlovchi stressdan himoya qiluvchi antioksidantlarni o‘z ichiga oladi ", dedi shifokor.

  • 16 Oktyabr, 12:00
  • Batafsil
not found

Olimlar qon guruhi va erta insult xavfi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqladi

Tadqiqotlardan ma’lum bo‘lishicha, ikkinchi qon guruhidagi yoshroq odamlarda insult ehtimoli boshqa qon guruhlari egalariga qaraganda 16 foizga yuqori. Genetika tadqiqotlari insonning qon guruhi va erta insult ehtimoli o‘rtasidagi qiziqarli bog‘liqlikni aniqladi. ScienceAlert nashrining xabar berishicha, Merilend universiteti olimlari ikkinchi qon guruhiga ega odamlarda 60 yoshga qadar insultni boshdan kechirish xavfi yuqori ekanligini aniqlashgan. Bu yo‘nalishdagi tadqiqotlar 2022-yilda boshlangan edi. Olimlar A1 kichik guruhi yoshroq insonlarda insult xavfining yuqori bo‘lishi o‘rtasidagi bog‘liqlikni aniqlashgandi. Olimlar 17 ming insultga chalingan bemor va taxminan 600 ming sog‘lom insonlarni qamrab olgan 48 ta genetik tadqiqot natijalarini tahlil qildi. Tadqiqot ishtirokchilarining yoshi 18 yoshdan 59 yoshgacha bo‘lgan. So‘nggi tadqiqotlar shuni ko‘rsatdiki, ikkinchi qon guruhidagi odamlarda insult ehtimoli boshqa qon guruhlari egalariga qaraganda 16 foizga yuqori. Aksincha, birinchi qon guruhiga ega bo‘lgan odamlarda xavf 12 foizga past bo‘lgan. Tadqiqot rahbari Stiven Kittnerning ta’kidlashicha, xavfning aniq sabablari hali noma’lum. Uning taxminicha, bu qon ivishining o‘ziga xos xususiyatlari, trombotsitlar yoki tromblar hosil bo‘lishida ishtirok etuvchi oqsillar bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Aniq ma’lumotlarni olish uchun qo‘shimcha tadqiqotlar talab etiladi.

  • 15 Oktyabr, 13:53
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech