Yangiliklar

not found

O‘zbekiston aholisining aksariyati korrupsiya haqida xabar berishga tayyor, ammo qo‘rqadi — tadqiqot

BMT Taraqqiyot dasturi Korrupsiyaga qarshi kurash agentligi, Koreya Respublikasining Korrupsiyaga qarshi kurash va fuqarolik huquqlari bo‘yicha komissiyasi, BMTTDning Seul siyosat markazi va Yevropa Ittifoqi bilan hamkorlikda O‘zbekistonda jamiyatning korrupsiya haqida xabar berishga tayyorligini baholashga qaratilgan tadqiqot o‘tkazdi. So‘rovda O‘zbekistonning 14 viloyatidan 503 nafar respondent ishtirok etdi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra, respondentlar asosan korrupsiyani poraxo‘rlik va qarindosh-urug‘chilik deb tushunadi. Respondentlarning 50 foizdan ortig‘i mansabni suiiste’mol qilish va qarindosh-urug‘chilikni korrupsiya deb hisoblasa, 40 foizdan kamrog‘i buni qimmatbaho sovg‘alar berish bilan bog‘laydi. Aksariyat odamlar sovg‘alarni korrupsiya deb emas, balki minnatdorchilik belgisi deb tushunadi. Pora olish (88,4%) va pora berish (68,4%) ko‘pchilik tomonidan qoralanadi, ammo sifatli xizmat uchun kichik sovg‘alar norma sifatida qabul qilinadi. Respondentlarning 22,4 foizi majburlikdan pora berish holatini qoralamaydi. Ayollar pora beruvchilarga nisbatan, erkaklar esa pora oluvchilarga nisbatan kechirimli. So‘rovnoma ishtirokchilari sog‘liqni saqlash (56,4 foiz), ta’lim (ayniqsa, oliy ta’lim — 39 foiz) va hokimliklarni (25,6 foiz) eng korrupsiyalashgan sohalar deb atagan. Korrupsiya jiddiy ta’sir ko‘rsatuvchi sohalar: yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (erkaklar — 27,2%, ayollar — 18,4%), ichki ishlar organlari (erkaklar — 26,8%, ayollar — 18,8%), avtomobil yo‘llari (erkaklar — 21,6%, ayollar — 12,8%) va qurilish sohasi (erkaklar — 23,6%, ayollar — 13,2%). Qishloq aholisi shahar aholisiga qaraganda avtoyo‘llarni eng korrupsiyalashgan soha sifatida ko‘rsatgan — mos ravishda 22,2% va 12,8%. Korrupsiyaga oid voqealarga guvoh bo‘lganlarning faqat bir nechtasi bu haqda korrupsiyaga qarshi kurash idoralariga xabar bergan. Respondentlarning 74,8 foizi korrupsiya holatlari haqida xabar berishga tayyor, shu jumladan, 82,2 foizi buning uchun portallar yoki mobil ilovalardan foydalanishga tayyor. Respondentlarning 12 foizi korrupsiya haqida xabar berish yomon deb hisoblaydi. Ayollarga (70,4%) nisbatan erkaklarda (79,2%) korrupsiya haqida xabar berishga tayyorlik biroz yuqoriroq. Shu bilan birga, ayollar (85,2%) korrupsiya haqida xabar berish uchun portal yoki mobil ilovadan foydalanishga ko‘proq tayyorligini ko‘rsatgan. Odamlar korrupsiya haqida xabar bermasligining asosiy sababi o‘zlari uchun salbiy oqibatlardan qo‘rqishdir — 48,6%. Yana bir sabab: odamlar buni befoyda deb hisoblaydi va hech kim bunga e’tibor berishiga ishonmaydi (24,8%). Yana 20,4 foizi qayerga murojaat qilishni bilmaydi, 19,8 foizi korrupsiyadan shaxsiy foyda oladi. 13,8 foizi minnatdorchilik belgisi sifatida pul va sovg‘alarni ixtiyoriy ravishda berishini, 7,4 foizi esa bu noqonuniy harakat ekanini bilmasligini qayd etdi. Respondentlarning fikricha, “suyunchi”, “to‘yona”, “rahmat” kabi tushunchalar istisno tariqasida o‘zida hurmat va qo‘llab-quvvatlashni namoyon qiladi. Odamlar ular qiyinchiliklarni yengib o‘tishni osonlashtirishga yordam berishi uchun “yurakdan beriladi”, deb hisoblaydi. “Masalan, 10 million so‘m jarima to‘lash kerak bo‘lsa, inspektor bilan kelishib, 2 million to‘laysiz. Endi 10 million qayerdayu, 2 million qayerda ekanini o‘ylab ko‘ring”, — deb javob berdi toshkentlik respondentlardan biri. Respondentlarning 64 foizi korrupsiyaga qarshi kurashda ishtirok etayotgan hokimiyat organlariga ishonadi, 28 foizi ularga ishonmaydi, 8 foizi javob berishga qiynaladi. Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha shahar aholisining OAVga (qishloq aholisining 13,7 foiziga nisbatan 20,3 foiz) va bloggerlarga (14,1 foizga nisbatan 17,3 foiz) ishonchi biroz yuqoriroq. Qishloq aholisi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligiga ko‘proq ishonadi (shahar aholisining 15 foiziga nisbatan 21,4 foiz). Nogironligi bor shaxslar korrupsiyaga qarshi kurashda eng ko‘p ishonadigan tashkilotlari qatoriga Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, OAV va blogerlarni kiritdi. Respondentlarning 5 foizdan kamrog‘i hech kimga ishonmasligini aytdi. Ishonchliligi past bo‘lgan muassasalar sifatida mahalliy muassasalar, jumladan, hokimliklar va mahallalar ataldi. Tadqiqot mualliflari korrupsiya holatlari haqida xabar berishdan qo‘rquvni keltirib chiqaradigan shart-sharoitlarni yo‘q qilishni tavsiya qildi. Xususan, taklif etiladi: Anonim xabar berishga chek qo‘yish, shu bilan birga, xabar beruvchining maxfiyligini kafolatlash va raqamli ommaviy hisobot mexanizmlarini kengaytirirish; Raqamli ommaviy hisobot mexanizmlarini kengaytirish; Korrupsiyaning zararini tushuntirish orqali aholining huquqiy savodxonligini va uning salbiy oqibatlaridan xabardorligini oshirish. Korrupsiya har ikki tomon uchun ham foydali ekani haqidagi jamoatchilik fikriga chek qo‘yish. Intuitiv interfeys, maxfiylik va xavfsizlik kafolatlari, fikr-mulohaza bildirish mexanizmlari, ma’lumotnomalar, hukumatning ishtiroki, tahliliy vositalar va ommaviy axborot vositalari va raqamli kanallar orqali korrupsiya haqida xabar berish uchun onlayn portal yaratish. Bundan tashqari, korrupsiyaga qarshi kurashishda davlat organlari mas’uliyatini oshirish va davlat xizmatchilarining immunitetini mustahkamlash tavsiya etiladi. Tadqiqotda qayd etilishicha shuningdek, sud jarayonlarining shaffofligini oshirish, asosiy vazirliklarda korrupsiya holatlarini monitoring qilish va nazorat qilish tizimini joriy etish, qarorlar qabul qilish, moliyaviy operatsiyalar va xaridlar shaffofligini ta’minlash zarur. Boshqa tavsiyalar qatoriga aholining turli guruhlari uchun ochiq bo‘lgan korrupsiya haqida xabar berish kanallarini yaratish, korrupsiya holatlarini tergov qilishda fuqarolar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar o‘rtasida vositachi sifatida fuqarolik jamiyatini qo‘llab-quvvatlash, korrupsiya to‘g‘risidagi xabarlarni ko‘rib chiqish jarayonini takomillashtirish va xabar beruvchilarni himoya qilish kiradi.

  • 18 Dekabr, 09:00
  • Batafsil
not found

Olimlar qand miqdorini keskin oshiradigan beshta mahsulotni aytib o‘tishdi

Qondagi qandning yuqori darajasi ichki a’zolarga halokatli ta’sir ko‘rsatadi, bu esa infarkt va insult rivojlanish xavfini oshiradi. "Buyuk Britaniyada 40 yoshdan oshgan har o‘ninchi odam diabet bilan kasallangan va ularning ko‘pchiligi qondagi qand miqdorining oshishiga olib keladigan ovqatlarni iste’mol qiladi. Foydali deb hisoblangan ayrim mahsulotlar bu ko‘rsatkichga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda," - deydi tadqiqotchilar. Demak kasallikdan himoyalanish uchun shakar, tuz va yog‘larni iste’mol qilishni minimallashtirish kerak. Bundan tashqari, qondagi qand miqdorini keskin oshiradigan mahsulotlarga kartoshka, uzum, quritilgan mevalar, meva sharbati va sushi kiradi. Mutaxassislar eng foydali oziq-ovqatlardan uglevodlarni o‘rtacha iste’mol qilishga chaqirib, ko‘p odamlar mevalarni kam iste’mol qilishi, lekin bir o‘tirishda meyorini oshirib yuborishini ta’kidladi. Qondagi qand miqdorini barqarorlashtirish uchun shifokorlar tuzlangan karam, brokkoli, yasmiq, sitrus mevalar, shakarsiz yogurt, tuxum va dengiz mahsulotlarini muntazam iste’mol qilishni maslahat berishdi. Avvalroq tadqiqotchilar qondagi qand miqdorini me’yorda ushlab turish uchun kunni oqsil, foydali yog‘lar va murakkab uglevodlarni o‘z ichiga olgan to‘g‘ri nonushtadan boshlashni tavsiya qilgan edi. Nonushta uchun eng foydali mahsulotlar ro‘yxatida avokado, suli yormasi va kakao keltirilgan. "Mahsulot tarkibidagi flavonoidlar insulinga sezgirlikni yaxshilashga va glyukoza darajasini tartibga solishga yordam beradi," - deya tushuntirdi mutaxassislar kakao haqida gapirib.

  • 17 Dekabr, 17:50
  • Batafsil
not found

2024-yil sarhisobi. Qonunchilik. Fevral

15.02.2024. “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga O‘zbekiston Respublikasi milliy qonunchiligini Jahon savdo tashkiloti bitimlariga muvofiqlashtirishni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Qonun qabul qilindi. Qonun bilan milliy intellektual mulk tizimini JSTning Intellektual mulk huquqining savdo bilan bog‘liq jihatlari to‘g‘risidagi bitimi talablariga uyg‘unlashtirish maqsadida original dori vositalarini ishlab chiqaruvchi korxonalarni qo‘llab-quvvatlash, xususan, dori vositasini yaratish jarayonida o‘tkaziladigan tadqiqotlar natijasida olinadigan klinik oldi va klinik sinovlar natijalarini himoya qilish va boshqa talablar belgilandi. 21.02.2024-yil. Prezidentning “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risidagi Farmoni qabul qilindi. Dastur bilan 2024-yil yakuniga qadar ehtiyojdan kelib chiqib, viloyatlar markazlari, shuningdek, Toshkent va Nukus shaharlarida kamida bittadan og‘ir gematologik, onkologik va klinik immunologik kasalliklari bor bemorlarga palliativ yordam ko‘rsatuvchi xospislar tashkil etish topshirildi. a) 2024-yil 1-mayga qadar: 2025-yildan boshlab katta yoshdagi aholi orasida yuqumli bo‘lmagan kasalliklar xavfli omillarining tarqalganligini o‘rganish; Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bilan birgalikda 2026-yildan boshlab o‘tkaziladigan maktab o‘quvchilari orasida tamaki mahsulotlarini iste’mol qilishning tarqalganlik hamda ularning psixologik holatini o‘rganish bo‘yicha rejani ishlab chiqish; b) 2024-yil 1-dekabrga qadar Raqamli texnologiyalar vazirligi bilan birgalikda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali sog‘liqni saqlash sohasida ko‘rsatiladigan davlat xizmatlari sonini 17 tadan 24 taga yetkazsin va buning doirasida fuqarolarning onkologik, kardiologik va endokrinologik skriningdan o‘tishi natijasi, ularni davolash uchun ajratiladigan pullar to‘g‘risida ma’lumot olish imkoniyatini yaratish belgilandi. 27.02.2024. “Muhtoj shaxslarni protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari bilan ta’minlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori qabul qilindi. Qarorga ko‘ra, davlat tomonidan kafolatlangan tarzda ta’minlanadigan protez-ortopediya moslamalari va reabilitatsiya qilishning texnik vositalari turlari 18 tadan 30 taga kengaytirildi. 2024-yil 1-maygacha Toshkent shahri va Samarqand viloyatida, 2024-yil 1-oktyabrgacha respublikaning boshqa barcha hududlarida muhtoj shaxslarni protez moslamalari va reabilitatsiya vositalari bilan vaucher asosida ta’minlash tartibi joriy etilishi belgilandi.

  • 17 Dekabr, 14:54
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech