Yangiliklar

not found

Nurofen

Xalqaro patentlanmagan nomi (XPN): ibuprofen Farmakologik xususiyatlari: Og‘riq qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta’sir ko‘rsatadi. So‘rilishi – yuqori darajada. Oshqozon-ichak traktida deyarli butunlay so‘riladi. Qo‘llanilishi: Nurofen bosh og‘riq, migrenlar, tish og‘rig‘i, nevralgiya, orqa, yelkalarda og‘riqlarda, mushaklar va revmatik og‘riqlar, gripp va shamollash bilan kasallanganlik vaqtida yuzaga keladigan issitmalik qaltirashlarda qabul qilinadi. Qo‘llash usuli va dozalari: Ichga qabul qilish uchun. Faqat qisqa muddat qo‘llash uchun. Me’da faoliyati sustroq kasallarga preparatni ovqat bilan qabul qilish tavsiya etiladi. Preparat kattalar va tana vazni 20 kg dan kam bo‘lmagan bolalarga (taxminan 6 yoshli bolalarga) buyuriladi. Tabletkalarni qabul qilish oralig‘i kamida 6 soatni tashqil etishi kerak. Preparatni 5 sutkadan ortiq qo‘llash zarurati bo‘lganida (agar simptomlar yo‘qolmasa), maslahat olish uchun shifokorga murojaat qilish kerak. Nojo‘ya ta’sirlari mavjud (qabul qilishdan avval yo‘riqnomani o‘qib chiqing). Maxsus ko‘rsatmalar: Ibuprofenni homiladorlikning birinchi 6 oyligi davomida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Tana vazni 20 kg dan kam va 6 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas. Saqlash sharoiti: Original o‘ramida, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda va bolalar qo‘li yetmaydigan joyda saqlash kerak. Dorixonalardan berish tartibi: Retseptsiz. "Dori-Darmon" AK dorixonalarida "Nurofen" 200 mg N10 tabletkaning narxi: 27,500 so‘m. Ishlab chiqaruvchi: Reckitt Benckiser Healthcare International LTD Sertifikat №:010060120901494 Ma`lumot xizmati: (78) 1203800 yoki 1002

  • 1 May, 08:25
  • Batafsil
not found

Senatorlar elektron sigaretalar savdosini taqiqlash toʼgʼrisidagi qonunni maʼqulladi

Senat aʼzolari qonun aholining hayoti va sogʼligʼini muhofaza qilishga, millat genofondini saqlashga xizmat qilishini taʼkidladilar. Senatning navbatdagi yalpi majlisida “Oʼzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga baʼzi turdagi tamaki mahsulotlarining, tamakini va nikotinni isteʼmol qilish moslamalarining muomalasiga doir talablarni yanada kuchaytirishga qaratilgan oʼzgartirishlar va qoʼshimcha kiritish toʼgʼrisida”gi Qonun muhokama qilindi. Qayd etilganidek, mamlakatda aholi oʼrtasida, ayniqsa bolalar va yoshlar orasida sogʼlom turmush tarzini shakllantirish, shu jumladan tamaki mahsulotlari tarqatilishining va isteʼmol qilinishining oldini olish boʼyicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Soʼnggi yillarda tamaki mahsulotlarining yangi turlarini, xususan, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan elektron sigaretalarni qonunga xilof ravishda mamlakatga olib kirish hamda muomalaga kiritish hollari koʼpaymoqda. Shu munosabat bilan, tamaki mahsulotlarining, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarining, shu jumladan elektron sigaretalarning va ular uchun suyuqliklarning muomalasini mamlakatimiz hududida taqiqlash, ularni qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish, shuningdek, tamakini qizdirish tizimlarini qonunga xilof ravishda muomalaga kiritish uchun javobgarlik belgilash zarurati yuzaga kelmoqda. Qonun bilan Jinoyat kodeksiga va Maʼmuriy javobgarlik toʼgʼrisidagi kodeksga muomalasi taqiqlangan tamaki mahsulotlarini, nikotin yetkazib berishning elektron tizimlarini, shu jumladan elektron sigaretalarni va ular uchun suyuqliklarni ishlab chiqarish, tayyorlash, olish, saqlash, tashish yoki oʼtkazish, shuningdek olib kirish va olib chiqish uchun javobgarlik belgilanishini nazarda tutuvchi oʼzgartirishlar kiritilmoqda. Senatorlar tomonidan Qonun aholining hayoti va sogʼligʼini himoya qilishga, millat genofondini saqlashga hamda atrof muhitni tamaki va nikotin mahsulotlarining yangi turlaridan muhofaza qilishga xizmat qilishi taʼkidlandi. Qonun senatorlar tomonidan maʼqullandi.

  • 30 Aprel, 14:47
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech