News

not found

Rus olimlari superantibiotikni roʼyxatdan oʼtkazmoqchi

Rossiyalik olimlar tomonidan eng kuchli antibiotiklar kuchsiz boʼlganida ham davolovchi innovatsion preparati yaratildi, deb xabar bermoqda remedium.ru. Birinchi muvaffaqiyatli sinovlar allaqachon oʼtkazilgan. “Dorining oʼziga xosligi shundaki, u barcha antibiotiklar taʼsir qiladigan printsip asosida ishlamaydi. Antibiotiklar odatda infektsiyani bostirish uchun bakteriyalarni oʼldiradi. Bizning yondashuvimiz dori bakteriyalarni oʼldirmasligi, faqat ularni qurolsizlantirishi kerak edi ", deb tushuntirdi Rossiya Sogʼliqni saqlash vazirligining Epidemiologiya va mikrobiologiya ilmiy markazi tibbiy mikrobiologiya boʼlimi boshligʼi Nailya Zigangirova. 2018-yildan buyon 17 ta klinik markaz va siydik yoʼllariningmurakkab infektsiyalari boʼlgan ogʼrigan 770 nafar bemor klinik sinovlarda ishtirok etdi. Ularda antibiotiklar kursiga qaramay kasallik yiliga bir necha marta qaytalanardi. Yangi dori davolash samaradorligini 25% ga oshirdi. “Ftortiazinon – bu kasallikni oʼzgartiruvchi dori. Tadqiqotning asosiy natijasi - koʼpchilik bemorlarda kasallikning qaytalanishi yoʼqligi yoʼqligi", dedi Rossiya Sogʼliqni saqlash vazirligining bosh urologi Dmitriy Pushkar. Klinik sinovlar tugaguniga qadar preparatni uropatiyani davolovchi dori sifatida roʼyxatdan oʼtkazish rejalashtirilgan. Agar hamma narsa yaxshi boʼlsa, harakatlar spektri kengayadi. Tabletkalardan tashqari, preparatni suyuq - inʼektsiya va tomchilar shaklida ham ishlab chiqarish rejalashtirilgan.

  • 14 March, 12:28
  • Read more
not found

Yoʼtal siroplari qanday qilib zaharga aylanadi?

Euromonitor tahlil kompaniyasi maʼlumotlariga koʼra, 2022 yilda bolalar uchun retseptsiz beriladigan yoʼtal, shamollash va allergiyaga qarshi vositalarning global bozori 2,5 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Ushbu preparatlar isitma tushiruvchi paratsetamol va glitserin yoki propilen glikol kabi moddalarni oʼz ichiga oladi. Xalqaro sogʼliqni saqlash idoralari Gambiyaga yetkazib beriladigan sirop tarkibida ikkita juda zaharli moddalar borligini aniqladilar: etilen glikol va dietilen glikol. Har ikkalasi ham propilentgikol ishlab chiqarishda nojoʼya mahsulot boʼlishi mumkin, dedi jahon standartlarini shakllantirishga hissa qoʼshadigan notijorat tashkilot — AQSh farmakopeyasining tartibga solish masalalari boʼyicha direktori, doktor Chaitania Kumar Koduri. Farmatsevtikada foydalanish uchun propilen glikol ishlab chiqaruvchilar har qanday toksinlarni olib tashlash uchun uni tozalashlari kerak, deydi Kumar Koduri. Xalqaro standartlarga muvofiq, preparatlarda faqat oz miqdoriga ruxsat beriladi – 100 ml sirop uchun 0,1 g dan oshmasligi kerak. Ushbu moddalarning barchasi oʼxshash xususiyatlarga ega. Biroq propilen glikol toksik emas, etilen glikol va dietilen glikol esa oʼta xavflidir. Agar oshqozonga kirsa, ular buyrak yetishmovchiligiga va shoshilinch choralar koʼrilmasa, oʼlimga olib kelishi mumkin. Kimyoviy tarkibiy qismlarni yetkazib beruvchilarning ikkita veb-saytida keltirilgan maʼlumotlarga koʼra, etilen glikol va dietilen glikol propilen glikoldan ikki baravar arzonroq va ilgari baʼzi ishlab chiqaruvchilar ushbu moddani sanoat uchun ishlatiladigan propilen glikol yoki tozalangan etilen glikol va dietilen glikol bilan almashtirishgan. 1990 yillarda Gaitida 90 ga yaqin va Bangladeshda 200 dan ortiq bola paratsetamol siropiga ishlatiladigan dietilen glikol bilan zaharlanish natijasida vafot etgan. Keyinchalik oʼlim holatlari Panama, Hindiston va Nigeriyada kuzatildi. Oʼshandan beri Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti xalqaro talablarni, shu jumladan, ishlab chiqaruvchilarga ingredientlar va yakuniy mahsulotlarni koʼproq sinovdan oʼtkazish talablarini kuchaytirdi. Biroq ishlab chiqarish va isteʼmol masalalarida qonunlarni yaratish va qoʼllash muayyan mamlakatlarda hokimiyat organlarida qoladi.

  • 14 March, 10:10
  • Read more
not found

Sarhisob va tahlil

“Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi Oʼzbekiston farmatsevtika bozorida dori vositalarining ulgurji va chakana realizatsiyasi bilan shugʼullanuvchi yirik tashkilotlardan biri hisoblanadi. Kompaniya tizimida 2000 ga yaqin dorixona boʼlib, ularning asosiy qismi qishloq hududlarida joylashgan. “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi va uning hududiy boʼlinmalari Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarining asosiy taʼminotchilaridan biri boʼlib, 2022 yil davomida: -sogʼliqni saqlash vazirligiga qarashli davolash profilaktika muassasalariga  246.2 mlrd. soʼmlik; - boshqa davolash profilaktika muassasalariga 22.0 mlrd.soʼmlik; - xususiy sektorga 30.0 mlrd.soʼmlik; - harbiy davolash muassasalariga 11.4 mlrd. soʼmlik; - QVP va QOPlarga 84.4 mlrd. soʼmlik dori vositalari va tibbiyot buyumlari yetkazildi. Kompaniyaning umumiy tovar aylanmasi 2022 yil yakunlari boʼyicha 707.7 mlrd. soʼmni, shundan ulgurji tovar aylanmasi 455,4 mlrd. soʼmni, chakana tovar aylanmasi  252,3 mlrd. soʼmni tashkil etdi. Sof foyda 5,4 mlrd.soʼm. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 22 iyuldagi  “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 204-son Qarori bilan ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli taʼminlanish huquqiga ega boʼlgan shaxslarning 13 toifasiga kiruvchi bemorlarga Kompaniya tizimidagi dorixonalar orqali  2022 yilda 523915 ta retsept orqali  27,1 mlrd. soʼm (2021 yilda  22,9 mlrd. soʼm)lik  dori vositasi va tibbiyot buyumlari bepul berildi. “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi tomonidan Davlat buyurtmasi asosida 2020 yilda 1 300 000 doza, 2021 yilda 3 668 000 doza, 2022 yilda 2 347 000  doza grippga qarshi vaktsinalar olib kelingan boʼlib, bu vaktsinalar bolalar, oʼqituvchilar hamda shifokorlar bepul emlanishi uchun Oʼzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga yetkazib berildi. Bundan tashqari 2021 yil  davomida  34 956  flakon   va  2022 yilda  955 145  flakon  insulin kirim  qilingan. Murojaatlarga toʼxtaladigan boʼlsak, kompaniyaga 2022 yil davomida  jismoniy va yuridik shaxslardan  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, kompaniyaning veb-sayti, shuningdek, yozma shaklda va ishonch telefonlari orqali jami 213 ta  murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning barchasi tegishli mutaxassislar tomonidan oʼrganilib, ijobiy hal etilgan holda, asosli javob qaytarildi. Yana bir yangilik, ayni kunlarda kompaniyaning “doridarmon.uz” veb-sayti yangi formatda, bugungi kun talablariga mos ravishda yangilanib, ishga tushirildi.

  • 13 March, 14:28
  • Read more
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech