Yangiliklar

not found

Dunyodagi eng boy farmatsevtika tarixiga ega 4ta dorixona

Dunyodagi eng qadimgi dorixona qaysi? Bu savol har doim bahs-munozaraga sabab bo‘lgan, chunki urganilmagan, tadqiq qilinmagan va bizgacha yetib kelmaan qo‘lyozmalar talaygina. Ammo, asrlar davomida farmatsevtikaning boy merosini o‘zida mujassam etgan eng qadimiy farmatsevtika muassasalari dunyoning turli burchaklarida faoliyat ko‘rsatar ekan, eng yaxshi farmatsevtika an’analari namunasi doimo ko‘z o‘ngimizda saqlanib qoladi va bu har bir farmatsevtga o‘z ishidan faxrlanish uchun asos bo‘la oladi. 1. Santa Maria Novella dorixonasi (Officina Profumo-Farmaceutica di Santa Maria Novella), Florensiya, Italiya To‘liq nomi Officina Profumo-Farmaceutica di Santa Maria Novella bo‘lgan mashhur muassasa haqli ravishda dunyodagi eng chiroyli dorixona hisoblanadi. Italiya Uyg‘onish davri uslubidagi interer hayratlanarli: marmar pollar, baland shiftlar, zarhal kornizlar va misdan yasalgan haykallar. U XIII asrga tegishli binoda joylashgan. Uning tashkil etilgan vaqti noma’lum, ammo dorixona 1221-yilda Dominikan rohiblari shaharga joylashib, bu yerda monastir tashkil qilgandan so‘ng paydo bo‘lgan deb taxmin qilinadi. Ushbu dorixona hali ham deyarli bir joyda, Via della Scala, 16 da joylashgan. O‘sha paytda rohiblar dorivor o‘tlarni to‘plashib, maxsus formulalar yordamida dori-darmonlar va shifobaxsh balzamlar tayyorlashgan. 1612-yilda dorixona ommaga ochilgan va Qirollik janoblarining ustaxonasi deb nomlangan. 1866-yilda cherkov davlat mulki foydasiga musodara qilingandan so‘ng, kompaniya faoliyatini boshqarish mashhur Florensiya kosmetika va parfyumeriya uyining direktori Chezare Augusto Stefanining qo‘liga o‘tgan. 2. Fransisk monastiridagi dorixona, Dubrovnik, Xorvatiya Yevropada qaysi dorixona "birinchi" degan nomga ega bo‘lishi mumkinligi haqidagi bahslar bugungi kungacha davom etmoqda. Masalan, Germaniyadagi eng qadimgi dorixona, Trirdagi "Arslon dorixonasi" haqida 1241-yilda tilga olingan. Fransiyada eng qadimgi dorixona 1348-yilda ochilgan (ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra, bundan oldinroq, 1268-yilda), Norvegiyadagi eng qadimgi faoliyat ko‘rsatuvchi dorixona Bergendagi "Oqqush dorixonasi" 1595-yilda tashkil etilgan. Va bu huquq uchun da’vogarlardan biri 1317-yilda ochilgan Fransisk monastiridagi Xorvatiya dorixonasidir. Va u bugungi kungacha ishlaydi. Dorixona limon daraxtlari bog‘i bilan o‘ralgan, bunga qo‘shimcha ravishda, rohiblar bog‘da dorivor o‘tlarni yetishtirishgan. Bu amaliyot bugungi kunda ham mavjud. 1938-yildan buyon dorixona muzey vazifasini ham bajarib kelmoqda: unda 16-asrga oid dorixona jihozlari, 14-asrga oid distillash apparati, apteka tarozilari, tibbiy kitoblar, dori retseptlari, zardo‘zlar, kashtachilar va rassomlarning asarlari shuningdek, monastir kutubxonasidan olingan kitoblar mavjud. 3. Town Hall dorixonasi, Tallin, Estoniya. Tallinda hokimiyat maydonida - Town Hall dorixonasi mavjud. Ushbu dorixona Yevropadagi eng qadimgi dorixonalardan biri hisoblanadi va bundan tashqari, 600-yil davomida xuddi shu joyda mavjud. Dorixona tashkil etilganining aniq sanasi noma’lum, ammo bu haqda birinchi marta shahar hokimiyatining yozuvlar kitobida u 1422-yilda dorixona farmatsevt Nikolausga ijaraga berilganligi qayd etilgan. Farmatsevtika korxonasini 10 nafar fuqarolar boshqargan, ularning aksariyati shahar kengashi oqsoqollari bo‘lgan. Albatta, boshqa mamlakatlarda Tallindagi Town Hall dorixonasidan ham qadimgi dorixonalar mavjud bo‘lgan, ammo ularning barchasi ertami-kechmi yopilib ketgan, Town Hall dorixonasi esa 1422-yildan hozirgi kungacha hech qachon yopilmagan. 4. Qirolicha- ona dorixonasi, Madrid, Ispaniya Madriddagi birinchi dorixona 1578-yilda venetsiyalik kimyogar tomonidan tashkil etilgan. Bu nom qirol Filipp V tomonidan ikkinchi rafiqasi Izabel Farnesioga minnatdorchilik belgisi sifatida tanlangan. Dorixona qirollik saroyini dori-darmonlar bilan ta’minlashdan tashqari, ekzotik dorilarni sotardi, ularning aksariyati birinchi marta Ispaniyaga olib kelingan. Masalan, Amerikadan birinchi penitsillin va antibiotiklar, birinchi xin daraxt po‘stlog‘i, giyohvand moddalar bilan birga qimmatbaho tabletkalar va magnit kabi g‘ayrioddiy va hatto sirli moddalar olib kelingan, Misr mumiyasi ekstrakti, ilon kukuni, qisqichbaqa ko‘zlari,oq marjon va boshqalar. Dorixona Mayor ko‘chasi, 59-uyda joylashgan bo‘lib, unda 16-asrda farmatsevtlar tomonidan yozilgan 1600 ta dorixona retsepti mavjud. Ular orasida Migel de Servantes, infante Don Luis va boshqa mashhur shaxslar nomiga yozilgan retseptlar bor, bu esa ba’zi tarixiy tibbiy xronikalarni qayta tiklashga imkon berdi. Ushbu retseptlar to‘plami asosida o‘nlab doktorlik dissertatsiyalari yozilgan.

  • 29 Yanvar, 15:00
  • Batafsil
not found

Farmatsevtika sohasidagi startap loyihalarni moliyalashtiradigan venchur jamg‘armasi tashkil etiladi

“Farmatsevtika tarmogʻini jadal rivojlantirishga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident Farmoniga muvofiq, farmatsevtika mahsulotlari eksporti hajmini oshirish maqsadida: ♦ mahalliy ishlab chiqarish korxonalarining dori vositalaridan bittasini AQSHning “Food and Drug Administration” (FDA) yoki Yevropa Ittifoqining “European Medicines Agency” (EMA) tashkilotlarida ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarining 100 foizi ular ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risida tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng qoplab beriladi; ♦mahalliy ishlab chiqarish korxonalarining farmatsevtika mahsulotlarini xorijiy davlatlarda ro‘yxatdan o‘tkazish bilan bog‘liq xarajatlarining 50 foizi ular ro‘yxatdan o‘tkazilgani to‘g‘risida tasdiqlovchi hujjatlar taqdim etilgandan so‘ng qoplab beriladi. Quyidagilar tashkil etiladi: • Farmatsevtika sohasining biofarmatsevtika, hujayra texnologiyalari, onkologiya kabi yo‘nalishlaridagi startap loyihalarni moliyalashtiradigan venchur jamg‘armasi; • Farmatsevtika tarmog‘ining istiqbolli loyihalari investitsiya jamg‘armasi. 2025-yil 1-iyulgacha 5 ta namunaviy dorivor o‘simliklar plantatsiyalari tashkil etiladi va 2026-yil yakunigacha ushbu plantatsiyalarda yetishtirilgan dorivor o‘simliklarni qayta ishlash loyihalari ishga tushiriladi. Farmatsevtika korxonalari faoliyatiga ilg‘or standartlarni tatbiq etish bo‘yicha marketing va konsalting xizmatlarini ko‘rsatishga ixtisoslashgan “Pharm Service” davlat muassasasi tashkil etiladi.

  • 29 Yanvar, 11:53
  • Batafsil
not found

Farmatsevtika tarmog‘i jadal rivojlantiriladi

“Farmatsevtika tarmog‘ini jadal rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-13-son, 28.01.2025 y.) qabul qilindi Farmonga ko‘ra, Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi zimmasiga quyidagi qo‘shimcha vazifalar yuklatildi: ♦ biologik faol qo‘shimchalar va kosmetika mahsulotlari sanoatini rivojlantirish, shu jumladan, bozor konyunkturasini o‘rganish, tahlil qilish va ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, ushbu yo‘nalishdagi soha korxonalariga ilg‘or xorijiy amaliyot va standartlarni tatbiq etishga ko‘maklashish; ♦ mahalliy hokimliklar bilan birgalikda hududiy farmatsevtika korxonalarining investitsiya loyihalarini monitoring qilish va hisobini yuritish; ♦ farmatsevtika sohasini raqamlashtirish va axborot dasturlarini joriy etish. 2025-yil yakunigacha Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazining laboratoriyasi Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining dastlabki kvalifikatsiya (prequalification) tartibidan o‘tkaziladi. 2025-yil 1-apreldan: ➖ cheklangan savdo ustamalari faqat retsept bilan beriladigan dori vositalari toifasiga nisbatan tatbiq etiladi; ➖ bir ishlab chiqaruvchi tomonidan turli savdo nomlari ostida tarkibi bir xil bo‘lgan dori vositalarini ishlab chiqarishda ushbu dori vositalarining barchasiga nisbatan eng past referent narx qo‘llanadi; ➖ “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” tomonidan xorijiy valyutada qayd etilgan referent narxlar belgilangan hollarda avtomatik ravishda (tadbirkor murojaatisiz) qayta ko‘rib chiqiladi.

  • 29 Yanvar, 11:10
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech