Yangiliklar

not found

Yoʼtal siroplari qanday qilib zaharga aylanadi?

Euromonitor tahlil kompaniyasi maʼlumotlariga koʼra, 2022 yilda bolalar uchun retseptsiz beriladigan yoʼtal, shamollash va allergiyaga qarshi vositalarning global bozori 2,5 milliard AQSh dollarini tashkil etdi. Ushbu preparatlar isitma tushiruvchi paratsetamol va glitserin yoki propilen glikol kabi moddalarni oʼz ichiga oladi. Xalqaro sogʼliqni saqlash idoralari Gambiyaga yetkazib beriladigan sirop tarkibida ikkita juda zaharli moddalar borligini aniqladilar: etilen glikol va dietilen glikol. Har ikkalasi ham propilentgikol ishlab chiqarishda nojoʼya mahsulot boʼlishi mumkin, dedi jahon standartlarini shakllantirishga hissa qoʼshadigan notijorat tashkilot — AQSh farmakopeyasining tartibga solish masalalari boʼyicha direktori, doktor Chaitania Kumar Koduri. Farmatsevtikada foydalanish uchun propilen glikol ishlab chiqaruvchilar har qanday toksinlarni olib tashlash uchun uni tozalashlari kerak, deydi Kumar Koduri. Xalqaro standartlarga muvofiq, preparatlarda faqat oz miqdoriga ruxsat beriladi – 100 ml sirop uchun 0,1 g dan oshmasligi kerak. Ushbu moddalarning barchasi oʼxshash xususiyatlarga ega. Biroq propilen glikol toksik emas, etilen glikol va dietilen glikol esa oʼta xavflidir. Agar oshqozonga kirsa, ular buyrak yetishmovchiligiga va shoshilinch choralar koʼrilmasa, oʼlimga olib kelishi mumkin. Kimyoviy tarkibiy qismlarni yetkazib beruvchilarning ikkita veb-saytida keltirilgan maʼlumotlarga koʼra, etilen glikol va dietilen glikol propilen glikoldan ikki baravar arzonroq va ilgari baʼzi ishlab chiqaruvchilar ushbu moddani sanoat uchun ishlatiladigan propilen glikol yoki tozalangan etilen glikol va dietilen glikol bilan almashtirishgan. 1990 yillarda Gaitida 90 ga yaqin va Bangladeshda 200 dan ortiq bola paratsetamol siropiga ishlatiladigan dietilen glikol bilan zaharlanish natijasida vafot etgan. Keyinchalik oʼlim holatlari Panama, Hindiston va Nigeriyada kuzatildi. Oʼshandan beri Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti xalqaro talablarni, shu jumladan, ishlab chiqaruvchilarga ingredientlar va yakuniy mahsulotlarni koʼproq sinovdan oʼtkazish talablarini kuchaytirdi. Biroq ishlab chiqarish va isteʼmol masalalarida qonunlarni yaratish va qoʼllash muayyan mamlakatlarda hokimiyat organlarida qoladi.

  • 14 Mart, 10:10
  • Batafsil
not found

Sarhisob va tahlil

“Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi Oʼzbekiston farmatsevtika bozorida dori vositalarining ulgurji va chakana realizatsiyasi bilan shugʼullanuvchi yirik tashkilotlardan biri hisoblanadi. Kompaniya tizimida 2000 ga yaqin dorixona boʼlib, ularning asosiy qismi qishloq hududlarida joylashgan. “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi va uning hududiy boʼlinmalari Sogʼliqni saqlash vazirligi tizimidagi davolash-profilaktika muassasalarining asosiy taʼminotchilaridan biri boʼlib, 2022 yil davomida: -sogʼliqni saqlash vazirligiga qarashli davolash profilaktika muassasalariga  246.2 mlrd. soʼmlik; - boshqa davolash profilaktika muassasalariga 22.0 mlrd.soʼmlik; - xususiy sektorga 30.0 mlrd.soʼmlik; - harbiy davolash muassasalariga 11.4 mlrd. soʼmlik; - QVP va QOPlarga 84.4 mlrd. soʼmlik dori vositalari va tibbiyot buyumlari yetkazildi. Kompaniyaning umumiy tovar aylanmasi 2022 yil yakunlari boʼyicha 707.7 mlrd. soʼmni, shundan ulgurji tovar aylanmasi 455,4 mlrd. soʼmni, chakana tovar aylanmasi  252,3 mlrd. soʼmni tashkil etdi. Sof foyda 5,4 mlrd.soʼm. Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yil 22 iyuldagi  “Shaxslarning ayrim toifalarini imtiyozli asosda dori vositalari bilan taʼminlash tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi 204-son Qarori bilan ambulatoriyada davolanishda dori vositalari bilan imtiyozli taʼminlanish huquqiga ega boʼlgan shaxslarning 13 toifasiga kiruvchi bemorlarga Kompaniya tizimidagi dorixonalar orqali  2022 yilda 523915 ta retsept orqali  27,1 mlrd. soʼm (2021 yilda  22,9 mlrd. soʼm)lik  dori vositasi va tibbiyot buyumlari bepul berildi. “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi tomonidan Davlat buyurtmasi asosida 2020 yilda 1 300 000 doza, 2021 yilda 3 668 000 doza, 2022 yilda 2 347 000  doza grippga qarshi vaktsinalar olib kelingan boʼlib, bu vaktsinalar bolalar, oʼqituvchilar hamda shifokorlar bepul emlanishi uchun Oʼzbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmatiga yetkazib berildi. Bundan tashqari 2021 yil  davomida  34 956  flakon   va  2022 yilda  955 145  flakon  insulin kirim  qilingan. Murojaatlarga toʼxtaladigan boʼlsak, kompaniyaga 2022 yil davomida  jismoniy va yuridik shaxslardan  Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining virtual qabulxonasi, kompaniyaning veb-sayti, shuningdek, yozma shaklda va ishonch telefonlari orqali jami 213 ta  murojaat kelib tushdi. Murojaatlarning barchasi tegishli mutaxassislar tomonidan oʼrganilib, ijobiy hal etilgan holda, asosli javob qaytarildi. Yana bir yangilik, ayni kunlarda kompaniyaning “doridarmon.uz” veb-sayti yangi formatda, bugungi kun talablariga mos ravishda yangilanib, ishga tushirildi.

  • 13 Mart, 14:28
  • Batafsil
not found

Toshkent viloyatida katta miqdordagi psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qoʼyildi.

Psixotrop dori vositalarining noqonuniy aylanishiga chek qoʼyildi, deb xabar bermoqda Toshkent viloyati IIB YHXB matbuot xizmati. Xususan, aniqlangan maʼlumotga koʼra, Qibray tumani “Madaniyat” MFYda yashovchi 31 yoshli fuqaro oʼzining mashinasida ketayotgan vaqtida toʼxtatilib tezkor xodimlar tomonidan koʼzdan kechirilgan. Natijada mashina salonidagi sumka ichida jami, 134 ta “Tropikomid” va 1.666 dona “Regapren” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi. Maʼlum boʼlishicha, ushbu shaxs taqiqlangan dori vositalarini sotish maqsadida saqlab kelgan. Shundan soʼng, tezkor tadbir davom ettirilib, ushbu shaxsni dori vositalari bilan taʼminlayotgan taʼminotchi ham viloyat IIBB tezkor xodimlari tomonidan ushlandi. Yunusobod tumani 11 mavzeda joylashgan MChJ ga qarashli dorixonada ishlovchi 26 yoshli fuqaroning xonadoni va dorixonasi xolislar ishtirokida koʼzdan kechirildi. Bu yerda taxminiy bahosi 25 mln 740 ming soʼmga teng boʼlgan, 315 dona “Regapen” 45 dona “Zardeks”, 39 dona “Midaks” va 4 dona “Tropikamid” kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, hujjatlashtirilib olindi. Bundan tashqari, Zangiota tumanida oʼtkazilgan navbatdagi tezkor tadbirda 1999-yilda tugʼilgan fuqaro 36 yoshli sherigi bilan qora bozordagi narxi 21 mln soʼm boʼlgan jami 1 368 dona turli nom va koʼrinishda kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotish maqsadida saqlab kelayotganligi aniqlanib, IIBB xodimlari tomonidan qoʼlga olindi. Shu kabi, Yangiyoʼl shahrida ham tashkil etilgan tezkor tadbir natijasida, 32 yoshli fuqaroning qoʼlida boʼlgan sumka ichidan narxi 11 mln soʼmga teng boʼlgan jami 1 296 dona turli nomdagi kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi fosh etilib, shaxs protsessual tartibda ushlangan. Hozirda qayd etilgan barcha holatlar yuzasidan tergov va surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

  • 13 Mart, 10:15
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech