Yangiliklar

not found

Reytingi yuqori tadbirkorlar uchun barcha soliq tekshiruvlari bekor boʼladi — Prezident

Prezident raisligida joriy yilda iqtisodiyotni rivojlantirish boʼyicha hukumat oldidagi ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʼilishi boʼlib oʼtmoqda. –Toʼgʼri ishlayotgan, tushumlarini toʼliq koʼrsatib, soliqlarini oʼz vaqtida toʼlayotgan tadbirkorlar bir narsadan hotirjam boʼlsin. Bunday tadbirkorlarni biz har tomonlama qoʼllab-quvvatlashni davom ettiramiz,– dedi Prezident yigʼilishda.  Davlat rahbarining topshirigʼiga koʼra tadbirkorlarning ochiq-oshkora reytingi ishlab chiqildi. Endi ular faoliyatiga soliqchilar baho bermaydi, ragʼbatlantirish choralari ham reyting asosida belgilanadi hamda bu tadbirkorlar kutayotgan adolatli yechim boʼladi. Reytingi yuqori tadbirkorlar uchun: – barcha soliq tekshiruvlari bekor boʼladi; – qoʼshilgan qiymat soligʼi summasi bir kunda tekshiruvlarsiz qaytarib beriladi (hozir 7 kundan 30 kungacha); – boshqa soliq turlari boʼyicha ortiqcha toʼlov summasi uch kunda qaytarib beriladi (hozir 15 ish kunida); – tovarlarni import qilishda va sotishda qoʼshilgan qiymat soligʼini bojxona va soliq organlarida oʼzaro hisobga olish imkoniyati yaratiladi; – tumanlarda auktsionda olingan davlat aktivlari va yer uchastkalari qiymatini boʼlib toʼlash muddati 3 yildan 5 yilgacha uzaytiriladi. Har bir tadbirkor real vaqt rejimida oʼz oʼrni va bahosini bilib boradi. Savdo-sanoat palatasiga oʼz saytida reyting natijalarini onlayn eʼlon qilib, tadbirkorlar soʼrovlariga tezkor javob berib borish zarurligi koʼrsatib oʼtildi.

  • 16 Yanvar, 15:00
  • Batafsil
not found

Eng koʼp xodimlarga ega 10 ta farmatsevtika kompaniyasi

Farmatsevtika sanoatidagi koʼpchiligimiz 1000 dan kam hamkasblarimiz bilan ishlaymiz. Biroq, gigant farmatsevtik kompaniyalarda 100 000 kishigacha farmatsevt ishlaydi, farmatsevtika sanoatida ustunlik qiladi va butun dunyo boʼylab minglab odamlar uchun daromad keltiradi. pharmaoffer.com eng koʼp ishchilarga ega boʼlgan eng yaxshi farmatsevtika kompaniyasining 10 taligini tuzdi: 10. Labcorp Laboratory Corporation of America Holdings, Labcorp nomi bilan tanilgan, shtab-kvartirasi Shimoliy Karolinada joylashgan Аmerika tibbiyot kompaniyasi. Ular klinik sinov sohasida yaxshi ishlamoqda. Ularning keng tarmoqli klinik laboratoriyalarida 100 ga yaqin mamlakatlarda haftasiga 3 milliondan ortiq klinik sinovlar oʼtkaziladi. Kompaniyada 75 ming xodim ishlaydi. 9. Pfizer Kompaniya COVID-19 uchun vaktsinasi bilan yanada mashhurlikka erishdi. Shtab-kvartirasi Nyu-Yorkda joylashgan, koʼp millatli farmatsevtika va biotexnologiya korporatsiyasi. Kompaniya 1849 yilda-Charlьz Pfayzer parazitlarga qarshi dori ixtiro qilganida tashkil etilgan. Pfizer ning butun dunyo boʼylab xodimlar soni 79 000 nafarga yetgan. 8. AstraZeneca AstraZeneca- koʼp millatli xodimlar ishlaydigan farmatsevtika va biotexnologiya kompaniyasi boʼlib, bosh qarorgohi Аngliyadagi Kembrij universiteti kampusida joylashgan. 1999 yilda Shvetsiyaning Astra AB kompaniyasi va Аngliyaning Zeneca Group kompaniyasining qoʼshilishi natijasida ingliz-shved kompaniyasiga aylangan. Kompaniyaning birinchi blokbaster- dorisi 1948 yilda ishlab chiqilgan ogʼriq qoldiruvchi lidokain asi boʼlgan. Britaniyaning Astra Zeneca kompaniyasi 83 100 dan ortiq xodimga ega. 7. GlaxoSmithKline Roʼyxatdagi eng yirik Buyuk Britaniya kompaniyasi- GlaxoSmithKline. 90 100 xodim ishlaydi. Kompaniya 2000 yilda Glaxo Wellcome va SmithKline Beechamning birlashishi natijasida tashkil etilgan: GSK tadqiqot va ishlab chiqarish farmatsevtik kompaniyasi sanaladi. Dunyo boʼylab ularning ikki million vaktsinasi qoʼllaniladi va dunyodagi bolalarning 40 foizi har yili GSK vaqtsinasini oladi. 6. Sanofi Sanofi 1973 yilda tashkil etilgan, 1999 yilda Synthélabo bilan, keyin 2004 yilda Aventis bilan birlashgan. Mazkur frantsuz kompaniyasida 95 500 nafar xodim ishlaydi va bu raqam kundan-kunga ortib bormoqda. Parijga sayohatchilar oqimining koʼpligi ularning bosh qarorgohiga tashrif buyurishga imkon beradi, u yerda ular millionlab odamlarga yordam beradigan dori-darmonlar ishlab chiqariladil 5. Roshe Roshe bizning roʼyxatimizda birinchi boʼlib 100 000 хodimlar chegarasini bosib oʼtdi. Bu butun dunyo boʼylab faoliyat yurituvchi Shveytsariyaning koʼp millatli tibbiyot kompaniyasi. Kompaniyada 100 920 dan ortiq xodimlar ishlaydi. 4. Bayer Roʼyxatdagi yagona nemis kompaniyasi. Bayer dunyodagi eng yirik farmatsevtika kompaniyalaridan biri boʼlib, 101 900 nafar xodimga ega. Ularning shtab-kvartirasi Leverkusenda joylashgan boʼlib, kompaniya global taʼsirga ega; Bayer guruhi 80 dan ortiq mamlakatlardagi 374 konsolidatsiyalangan kompaniyalarni oʼz ichiga oladi. Kompaniya 120 yildan ortiq vaqt davomida farmatsevtika bozoriga muhim ogʼriq qoldiruvchi dori -aspirin ishlab chiqarib, yetkazib bermoqda. 3. Novartis Odamlar Shveyttsariyani farmatsevtika sanoatining markazi deb aytishlari ajablanarli emas. Roʼyxatdagi ikkinchi Novartis– “farmatsevtika giganti" degan soʼzni eshitganimizda xayolimizga keladigan nomlardan biri.Shveytsariya kompaniyasi haqiqatan ham ulkan imkoniyatlarga va resurslarga ega: 140 dan ortiq millatdan 108 000 ga yaqin xodimlarni jamlagan. 2. Sinopharm Sinopharm nomi bilan ham tanilgan China National Pharmaceutical Group Co., Ltd.,. Xitoy hukumati distribyutori hisoblanadi.Kompaniyada 112 900 nafar xodim ishlaydi. 1. Johnson & Johnson Johnson & Johnson kompaniyasining umumiy ishchi kuchi 141,700 nafarga yetadi. Kompaniya dunyodagi eng yirik va eng keng tarqalgan tibbiyoyot kompaniyasi boʼlib, shtab-kvartirasi Nьyu-Jersida joylashgan Аmerika korporatsiyasidir. 60 ta mamlakatda faoliyat yurituvchi 250 ga yaqin shoʼba korxonalarini oʼz ichiga oladi. 1886 yilda tashkil etilgan kompaniya har yili odamlarga minglab mahsulotlarni taqdim etdi. Bu mahsulotlarning koʼpchiligini kundalik hayotda ishlatamiz, masalan, plastr, birinchi yordam toʼplami va tish iplari!

  • 16 Yanvar, 09:14
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech