Yangiliklar

not found

Korruptsiyaga qarshi kurashish borasida huquqiy-targʼibot yigʼilishi oʼtkazildi

“Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi “Komplaens-nazorat” xizmati tomonidan Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʼzbekiston Respublikasida korruptsiyaga qarshi kurashish tizimini takomillashtirish boʼyicha qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 2020 yil 29 iyundagi PF-6013-son Farmoni va “Korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʼshimcha chora-tadbirlar toʼgʼrisida”gi 2021 yil 6 iyuldagi PQ–5177-son qarori hamda kompaniyaning korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha ichki nazorat hujjatlari ijrosini taʼminlash maqsadida Kompaniyaning tijorat boʼyicha direktori N.Xusanov, kompaniya xodimlari va kompaniyaning tizimidagi maʼsuliyati cheklangan jamiyat direktorlari va xodimlari ishtirokida huquqiy-targʼibot yigʼilishi oʼtkazildi. Yigʼilishda “Komplaens-nazorat” xizmati boshligʼi J.Qayumov kompaniya boshqaruv raisi tomonidan tasdiqlangan korruptsiyaga qarshi kurashish boʼyicha ichki nazorat xujjatlari ijrosini taʼminlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shu bilan birgalikda kompaniya tizimida sodir etilayotgan qonunbuzilish holatlarini qayd etib, kelgusida doimiy ravishda huquqbuzarliklarning oldini olish, sohaga doir qonun hujjatlariga toʼliq amal qilishni nazorat qilish borasida Komplaens-nazorat xizmati huquqni muhofaza qilish va nazorat organlari bilan doimiy hamkorlikda ishlarni olib borayotganligi yuzasidan toʼxtalib oʼtdi. Shuningdek, “Dori-Darmon” aktsiyadorlik kompaniyasi Kuzatuv kengashi tomonidan 2024 yil 7 fevralida “Komplaens-nazorat xizmati toʼgʼrisida”gi Nizomi bilan tanishtirib, “Komplaens-nazorat” xizmati asosiy vazifalari, huquqlari va majburiyatlari bilan tanishtirildi. Yigʼilishda yakunida sohaga doir qonun hujjatlariga toʼliq amal qilish va xodimlarni oʼzlariga yuklatilgan vazifalarni belgilangan tartibda amalga oshirishlari orqali huquqbuzarliklarning oldini olish boʼyicha tushuntirishlar berildi.

  • 25 Mart, 15:30
  • Batafsil
not found

Dunyo boʼylab 3 milliarddan ortiq odam nevrologik kasalliklardan aziyat chekadi-JSST

Nevrologik kasalliklar — nogironlikni keltirib chiqaruvchi eng asosiy omillardan biri. Qolaversa, bunday xastaliklar erta oʼlimga olib keluvchi sabablar orasida yetakchi oʼrinlarda. Britaniyada chop etiladigan "Lancet Neurology" tibbiyot jurnalida eʼlon qilingan maqola ayni shu mavzuda. Undan Jahon sogʼliqni saqlash tashkiloti ishtirokida 1990 yildan 2021 yilgacha oʼtkazilgan keng koʼlamli tadqiqot natijalari joy olgan. Qayd etilishicha, dunyoda 3,4 milliard kishi, boshqacha aytganda, Yer yuzi aholisining 43,1 foizi nevrologik kasalliklardan aziyat chekmoqda. Bu borada insulьt, neonatal ensefalopatiya, migren, demans, diabetik neyropatiya, meningit, epilepsiya, autizm kabi xastaliklar ulushi yuqori. Tadqiqot davomida oʼrganilgan bunday kasalliklar soni 37 ta. Yakuniy hisob-kitoblarga koʼra, ushbu patologiyalar asoratlari 1990 yildan 2021 yilgacha 11,1 million kishining oʼlimiga sabab boʼlgan. Xastaliklar taqsimoti yosh toifasiga qarab farqlanadi. Masalan, 20 yoshdan 59 yoshgacha boʼlgan bemorlar oʼrtasida insulьt, migren va diabetik neyropatiya tashxislari yuqori oʼrinni egallaydi. 60-79 yoshlilar orasida esa insulьt, Аlьtsgeymer, demans, diabetik neyropatiya bilan xastalanganlar soni koʼp. Olimlarning taʼkidlashicha, asab tizimi buzilishlari oqibatida mehnat qobiliyatini yoʼqotganlar safida erkaklar ulushi ayollarga nisbatan sezilarli darajada yuqori. Nevorologik xastaliklardan eng koʼp aziyat chekkan mintaqalar roʼyxatida Gʼarbiy va Markaziy Аfrika davlatlari peshqadam. Eng past statistika Аvstraliya, Okeaniya va Osiyo-Tinch okeani mintaqasida joylashgan yuqori daromadli mamlakatlar hissasiga toʼgʼri keladi. Tabiiyki, mutaxassislar bunday koʼrsatkichlardan jiddiy xavotirda. Xususan, JSST rahbari Tedros Gebreyesus ushbu tadqiqot hukumatlar uchun diagnostika, davolash va reabilitatsiya xizmatlari sifati hamda koʼlamini oshirish boʼyicha kuchli chaqiriq boʼlishi kerakligini  taʼkidladi.

  • 20 Mart, 14:49
  • Batafsil
Нажмите на кнопку ниже, чтобы прослушать текст Powered by GSpeech